$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
30° Kechasi 16°

“Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlar davom etyapti

08:57 / 12.12.2023

Poytaxtimizda amalga oshirilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” davomida poytaxt IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.

Jumladan,

Joriy yilning 6-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida 2001-yilda tug‘ilgan Muxammadiyev Sharifjon Shuhrat o‘g‘li boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashina xolislar ishtirokida tekshirilganda, 173 dona “Regapen” nomli hamda 160 dona “Amino-metil” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Shu kuni Uchtepa tumanida 1994-yilda tug‘ilgan Abdukayumov Xusniddin Shamsiddinovich boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina salonidan 32 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Shuningdek, Chilonzor tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan Baxmatov Pavel Igorevichning xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda 150 gramm sintetik giyohvandlik vositasi, elektron tarozi, qadoqlashga mo‘ljallangan paketlar hamda giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishga mo‘ljallangan turli vositalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

8-dekabr kuni Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanida 1982-yilda tug‘ilgan Urinbayev Ikromiddin Muxamadaliyevich boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda 8 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

9-dekabr kuni Uchtepa tumanida 1996-yilda tug‘ilgan Yunusov Temur Timurovich to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda yonidan 19 dona bo‘laklarga qadoqlangan sintetik giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Barcha holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun tergov bo‘limiga taqdim etilgan. Tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

 

Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslarning noqonuniy giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganligi yoki boshqa jinoyatlarga aloqadorligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud yaqin oradagi IIBga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

 


Bu ham qiziq

Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov bilan samimiy qutladi.
15:13 / 07.05.2024
O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

O‘zbekistonning qaysi hududida doimiy aholi soni zichligi aniqlandi

Eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida ma’lum qilingan.
14:38 / 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
19:35 / 07.05.2024
Isroilning G‘azodagi hujumi oqibatida bir oilaning yetti nafar a’zosi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumi oqibatida bir oilaning yetti nafar a’zosi halok bo‘ldi

Ularning jasadlari va yaradorlar “Al-Ahli” baptistlar kasalxonasiga yetkazilgan.
11:36 / 08.05.2024
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi

O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi

Uchrashuvda hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
09:21 / 08.05.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

U urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani ma’lum qildi.
15:16 / 08.05.2024
G‘azoda qurbonlar soni 34,8 mingdan oshdi

G‘azoda qurbonlar soni 34,8 mingdan oshdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 55 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
20:10 / 08.05.2024
Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
15:58 / 07.05.2024
Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Aksiya faqat bir kun — 9-may kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
19:29 / 08.05.2024
Xitoydagi tezyurar poyezdi chiptasi qancha?

Xitoydagi tezyurar poyezdi chiptasi qancha?

Xitoyda tezyurar poyezdlar chiptalari 15-iyundan 20 foizga qimmatlashadi.
12:49 / 08.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!