$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

Endi 14-17 yosh oraligʻidagi oʻgʻil-qizlarga ham “Yoshlar daftari”da koʻzda tutilgan imtiyoz va yengilliklar beriladi – Prezident

21:32 / 30.06.2022

Prezident Yoshlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbirida nutq soʻzlamoqda.

“Yoshlarning dunyoqarashi, ularning muayyan bir kasbga boʻlgan qiziqishi 14 yoshidan, yaʼni maktab davridanoq shakllanadi.

Shu bois, bundan buyon 14-17 yosh oraligʻidagi 3 million nafarga yaqin oʻgʻil-qizlarimizga ham “Yoshlar daftari”da koʻzda tutilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Xususan, unda nazarda tutilgan imtiyozlar amaldagi 11 tadan 25 taga koʻpaytiriladi.

Ushbu daftarga kiritilgan farzandlarimizga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni oʻrganishi uchun har biriga oyiga 1 million 200 ming soʻmdan subsidiya beriladi.

Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi toʻgaraklar uchun 6 oy davomida 300 ming soʻmdan pul toʻlanadi.

Ularga ushbu yoʻnalishlar boʻyicha mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun 1 million 200 ming soʻmdan, nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun 12 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun yilda bir marotaba maktab formasi hamda oʻquv qurollarini sotib olish xarajatini davlat oʻz zimmasiga oladi”, – deydi davlatimiz rahbari.


Bu ham qiziq

Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan festivalda “Uzum ta’mi” nomli film “Eng yaxshi qisqa metrajli film” deb topildi.
11:05 / 08.05.2024
Poytaxtda ham harbiy parad o‘tkaziladi

Poytaxtda ham harbiy parad o‘tkaziladi

Harbiy boʻlinmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari 8-may kuni soat 14:00 da “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidan…
20:54 / 07.05.2024
Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qilgan.
17:41 / 07.05.2024
Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Amudaryo ustidan o‘tuvchi qo‘shma ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati “Qipchoq ponton ko‘prigi” orqali amalga oshiriladi.
17:07 / 07.05.2024
8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 8-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:14 / 07.05.2024
Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov bilan samimiy qutladi.
15:13 / 07.05.2024
Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
15:58 / 07.05.2024
Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Tesla Hindiston kompaniyasini savdo belgisini buzganlik uchun sudga berdi

Sudya keyingi sud majlisiga qadar “Tesla” nomidan foydalangan har qanday reklama aksiyalarini chiqarishni taqiqladi.
16:48 / 07.05.2024
Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

Aksiya faqat bir kun — 9-may kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.
19:29 / 08.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!