$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

Farg‘ona va Andijonda giyohvandlik vositalarini saqlab kelgan shaxslar ushlandi

10:07 / 15.12.2023

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida, Toshloq tumanida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu manzilda kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 27 kg. 573 gr. “gashish” va 3 kg. 967 gr. “opiy” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Bu yo‘nalishda Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ham viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro Qirg‘iz Respublikasining O‘sh viloyatida istiqomat qiluvchi, 1984-yilda tug‘ilgan shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, 1 kg. 806 gr. “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini xaridorga 80 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaroning uyidan ham 2 kg. 698 gr. “Mefedron” moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu sintetik narkotik moddalar Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan.

Boshqa holatda esa Andijon tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina to‘xtatildi.

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar turkumiga kiruvchi 2800 dona “Regapen” va 957 dona flakonda “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ham sotish maqsadida aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya – bu yurakning bir daqiqa davomida 60 tadan kam qisqarishi hisoblanadi.
10:34 / 01.05.2024
Rossiya Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosini deportatsiya qildi

Rossiya Tojikistonning 650 ga yaqin fuqarosini deportatsiya qildi

26-30-aprel kunlari Vnukovo aeroportiga uchgan 3101 tojikistonlik fuqarolardan 643 nafari Rossiya hukumati tomonidan tegishl…
08:28 / 02.05.2024
Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilarining 170 dan ortiq nodir kitoblari o‘g‘irlangan

Eng ko‘p o‘g‘irlangan asarlar orasida Aleksandr Pushkinning asarlari bor.
12:28 / 02.05.2024
2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

Umumiy eksportdagi ulushi qariyb 72 foizni tashkil etmoqda.
14:46 / 02.05.2024
Bugun, 1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
02:14 / 01.05.2024
“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, – Mirziyoyev

“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, – Mirziyoyev

Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.
11:30 / 02.05.2024
AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

Amerika rasmiysining qayd etishicha, bunday darajaga erishish deyarli imkonsiz.
10:31 / 01.05.2024
Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
11:41 / 01.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Vitse-prezidenti Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.
18:07 / 01.05.2024
Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
10:26 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!