Joriy yilning 13-oktyabr kuni TikTok tarmog‘idagi “Elyorjon2992” profiliga uch nafar shaxslar qo‘shiq aytib raqsga tushgani, ulardan biri esa kiyimlarini yechib, ko‘chada o‘ynagani aks etgan videoni e’lon qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIO faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
“Kayfchilikda yarim yalang‘och bo‘lib o‘yinga tushdim, meni kechiringlar”, – deydi hodisa qahramoni.
Shuningdek, “Elyorjon2992” profili egasi ham qilgan ishidan pushaymon ekanligini ta’kidlagan:
“O‘rtog‘imning “kayfi” bor edi, shunaqa qilib video qilib yubordi. Bu sizlarning e’tirozingizga sabab bo‘ldi, meni chin ko‘ngildan kechirishingiznini so‘rayman”.
Ushbu shaxslarning qilmishi Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilib, mayda bezorilik sodir etganligi uchun har biriga nisbatan 15 sutkadan qamoq jazosi tayinlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!