$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Moziy 1 | Farg‘ona tarixi

16:40 / 12.08.2025

Siz shu paytgacha O‘zbekistonning uzoq asrlarga borib taqaladigan tarixi haqida ma’lumotga egasiz. Ammo uning ichidagi viloyatlar va shaharlarning yaralish tarixini bilasizmi? Bugundan biz Xabardor.uz kanalida “Moziy” nomli yangi sahifa ochyapmiz. Bu sizlarga foydali va manzur bo‘lishiga ishonamiz. Bunda biz mamlakatimiz ichidagi viloyatlar va jahondagi yirik shaharlar tarixi haqida video va matn ko‘rinishida hikoya qilamiz.

Farg‘ona tarixi

Farg‘ona vodiysi yaqinda paydo bo‘lgan emas. Viloyatning tarixi uzoq yillarga borib taqaladi. Farg‘ona Markaziy Osiyodagi eng qadimiy madaniy va iqtisodiy markazlardan biri bo‘lib kelgan. Ushbu hudud qadimdan savdo yo‘llari chorrahasi, dehqonchilik va hunarmandchilik o‘chog‘i sifatida mashhur bo‘lgan. Farg‘ona viloyati rasmiy jihatdan 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan bo‘lsa-da, uning tarixi ming yillik jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada biz Farg‘ona viloyatining tarixiy bosqichlari, asosiy shaharlari (Qo‘qon, Marg‘ilon, Rishton, Quva va Farg‘ona)ning rivojlanishi va siyosiy o‘zgarishlaridan hikoya qilamiz.

Davan davlati va undagi shaharlarning shakllanishi

Miloddan avvalgi II asrda Xitoy yilnomalarida Farg‘ona Davan nomi bilan tilga olingan. Bu davlat Buyuk Ipak yo‘lining muhim nuqtalaridan biri bo‘lib, otchilik bilan mashhur edi. Sima Qian o‘zining “Shi Ji” asarida Farg‘ona otlarini “samoviy otlar” deya ta’riflagan, ularni olish uchun Xitoy imperatori ikki marta harbiy yurish ham qilganini yozadi.

Quva shahridan topilgan arxeologik topilmalar bu hududda miloddan avvalgi III–II asrlarda shahar markazi mavjud bo‘lganini ko‘rsatsa, Marg‘ilon dastlab ipak ishlab chiqarish o‘choqlaridan biri sifatida shakllangan. Rishton esa Sopol buyumlari bilan bu yerda dastlabki hunarmandchilik faoliyati rivojlanganini tasdiqlaydi.

O‘rta asrlarga kelib Farg‘onada Islom sivilizatsiyasi va madaniyati yuksala boshladi.

IX asrda yozilgan “Tabariy tarixi” asarida yozilishicha, VIII asrda arab lashkarlarining Movarounnahrga yurishi natijasida Farg‘ona vodiysida islom dini keng yoyiladi. Qutayba ibn Muslim qo‘shinlari bu hududni o‘z nazoratiga olib, islomiy ma’muriy boshqaruv joriy etadi.

982-yilda yozilgan “Hudud al-Alam” asarida dastlab Marg‘ilon IX asr fors manbalarida ipak ishlab chiqaruvchi shahar sifatida tilga olinadi. Rishtonda esa X–XI asrlarda sirli kulolchilik buyumlari ishlab chiqarilgani aytiladi.

Shuningdek, Quva shahri Somoniylar davrida diniy markazga aylangani qayd etilgan.

Mo‘g‘ullar istilosi va Temuriylar davri

Chingizxon boshchiligida mo‘g‘ullar Markaziy Osiyoga hujumidan xabaringiz bor. Hujum ikki bosqichda amalga oshirildi. Asosiy zarba Xorazmshohlar davlatiga qarshi qaratilgan edi.

1219–1221-yillarda Chingizxon qo‘shinlari Farg‘ona vodiysini egallab, shaharlarni vayron qilgan. Keyingi bir necha o‘n yillikda voha mo‘g‘ul uluslari tarkibida bo‘ladi. Faqatgina XIV asrda Amir Temur bu hududni o‘z nazoratiga olib, savdo va shaharsozlikni qayta tiklaydi.

Qo‘qon shahri Temuriylar davrida harbiy nuqtayi nazardan muhim qal’a sifatida paydo bo‘la boshlagan bo‘lsa,

Marg‘ilon hunarmandchilik markazi sifatida qayta tiklandi.

XVII asr o‘rtalariga kelib, Movarounnahr va Farg‘ona vodiysida Shayboniylar sulolasidan keyingi siyosiy parchalanish jarayoni chuqurlashadi. Buxoro xonligi markazlashgan davlat sifatida o‘z ta’sirini yo‘qota boshlaydi. Bu davrda Farg‘ona vodiysi geografik jihatdan tog‘lar bilan o‘ralgan, tabiiy resurslarga boy, sug‘oriladigan yerlar ko‘p bo‘lgan mintaqa sifatida iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etardi.

Manbalarda qayd etilishicha, XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Farg‘ona vodiysi hududi asosan Buxoro xonligi tarkibida bo‘lgan, ammo markazdan uzoqligi va mahalliy hokimlarning mustaqillikka intilishi sababli real hokimiyat asta-sekin mahalliy sulolalar qo‘liga o‘ta boshlagan.

Qo‘qon xonligining asos solinishi

Qo‘qon xonligiga asos solgan sulola Ming urug‘i hisoblanadi. Tarixchi Ahmad Donish va rus sharqshunosi N.I. Veselovskiy yozishicha, Minglar urug‘i aslida Mo‘g‘ulistonning sharqiy qismidan kelib, avval Qashqar atrofida yashagan, keyinchalik Farg‘onaga ko‘chib kelgan. XVII asr oxirida Ming urug‘idan bo‘lgan Shohruhbiy vodiyda siyosiy hokimiyatni qo‘lga oladi. Uning qarorgohi dastlab Andijon bo‘lib, keyinchalik strategik joylashuvi qulay bo‘lgan Qo‘qon qal’asiga ko‘chiriladi. Tarixiy yozuvlarda bu ko‘chirish taxminan 1710–1712-yillar oralig‘ida bo‘lgani aytiladi.

Mustaqil davlatga aylanish jarayoni

Shohruhbiy davrida Qo‘qon xonligi dastlab Buxoro xonligiga qaram bo‘lgan. Ammo u mahalliy iqtisodiy kuch, qurolli lashkar va diplomatik aloqalar orqali mustaqillikka erishdi. 1710–1720-yillarda u: Andijon – O‘sh – Qashqar yo‘nalishi bo‘yicha savdo yo‘llarini nazorat qila boshlaydi. Farg‘ona vodiysidagi ko‘plab qabilalarni birlashtirdi. Qo‘qon qal’asini mustahkamlab, yangi saroylar qurdiradi. Shu davrda Qo‘qon xonligi atrofida Buxoro, Xiva, va sharqda Qo‘qon – Qashqar aloqalari rivojlanadi.

Qo‘qon xonligi dastlab biylik sifatida faoliyat yuritgan. Shohruhbiydan keyin o‘g‘li Abdurahimbiy (1721–1733) taxtga chiqib, davlatni yanada mustahkamlaydi. Keyinchalik 1760–1770-yillarda taxtga kelgan Norbo‘tabiy davrida Qo‘qon xonligi mustaqil davlat sifatida xalqaro savdoda faol qatnasha boshlaydi.

1709-yilda Qo‘qon xonligi tashkil etiladi. Farg‘ona vodiysi siyosiy markazga aylandi. Qo‘qon shahri Xonlik poytaxti sifatida yuksalib, saroylar, madrasa va masjidlar quriladi. Marg‘ilondagi Ipak matolar esa butun Markaziy Osiyoda mashhur bo‘ladi. Rishton bo‘lsa, kulolchilik buyumlarini Hindiston, Eron va Rossiyaga eksport qila boshlaydi.

Xonlikning qulashi. Ichki bo‘linish

XIX asrning o‘rtalaridan boshlab Qo‘qon xonligida markaziy hokimiyat zaiflashadi. Xonlik ichida mahalliy beklar va amaldorlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayadi. Soliq siyosati va ichki isyonlar xonlikni iqtisodiy jihatdan zaiflashtiradi. Xonlar tez-tez almashib turadi, natijada siyosiy izchillik yo‘qoladi.

Masalan, 1840–1850-yillarda xonlikda qisqa muddat ichida bir necha xon almashadi, bu esa Rossiya imperiyasining mintaqaga aralashuvini osonlashtiradi.

Ruslarning bosqini

XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda mustamlaka hududlarini kengaytirishga kirishadi. 1865-yilda Toshkent bosib olinadi, 1868-yilda Buxoro amirligi Rossiyaga qaram bo‘ladi.

Qo‘qon xonligi ham bosim ostida qolib, Rossiya bilan bir necha marotaba harbiy to‘qnashuvlarga kiradi. 1875-yilda Xudoyorxonning siyosati, ayniqsa Rossiya bilan tuzgan noqulay shartnomalari, xalq noroziligiga sabab bo‘ladi. Bu Andijon qo‘zg‘oloni va boshqa isyonlarni keltirib chiqaradi.

1875-yilda isyonchilar Xudoyorxonni taxtdan ag‘darib, uning o‘g‘li Nasriddinxonni xon qilib ko‘taradilar.

Rossiya bu holatdan foydalanib, general M. D. Skobelev boshchiligida Farg‘ona vodiysiga qo‘shin yuboradi.

Qattiq janglardan so‘ng 1876-yil 19-fevralda Qo‘qon xonligi tugatiladi va uning hududi Farg‘ona viloyati nomi bilan Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shiladi.

Rossiya imperiyasi davri

1876-yilda Qo‘qon xonligi tugatilgach, Farg‘ona viloyati Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritiladi. Markaz sifatida hozirgi Farg‘ona shahri (o‘sha paytdagi Yangi Marg‘ilon) tanlanadi.

Rossiya hukmronligi davrida paxtachilikka asoslangan yirik plantatsiyalar barpo etiladi. Temir yo‘llar qurilib, Qo‘qon va Marg‘ilon sanoat shaharlari sifatida rivojlanadi.

1917-yil inqilobidan so‘ng Farg‘ona vodiysi Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kiritiladi. Bu davrda Qo‘qonda “Basmachi” qo‘zg‘olonlari sodir bo‘ldi. Farg‘ona vodiysi “Farg‘ona viloyati” nomi bilan Turkiston ASSR tarkibida ma’muriy hudud sifatida mavjud bo‘ladi.

Milliy-hududiy chegaralash

1924-yilda SSSR rahbariyati tomonidan O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralash o‘tkaziladi. Natijada Farg‘ona vodiysi O‘zbekiston SSR tarkibiga o‘tadi. Bu qaror “O‘rta Osiyo milliy chegaralash komissiyasi qarorlari”da tasdiqlanadi. 1938-yil 15-yanvarda SSSR Oliy Sovetining qarori bilan Farg‘ona viloyati tashkil qilinadi. Markaz sifatida esa Farg‘ona shahri belgilanadi. Marg‘ilon – ipak sanoati, Qo‘qon – kimyo zavodlari, Rishton – kulolchilik artellari bilan mashhur bo‘ladi.

Katta Farg‘ona kanali qurilishi

1939-yilda O‘zbekiston SSR rahbariyati va Moskva markazi Farg‘ona vodiysini yanada sug‘orish va paxta yetishtirish hajmini oshirish maqsadida Katta Farg‘ona kanali qurilishi loyihasini ma’qullaydi. 15-avgust kuni ishlar boshlanganida rasmiylar bu ishni 1 yilda tugatish rejasini qo‘ygan edi. Ammo targ‘ibot va safarbarlik ishlaridan so‘ng, “xalq kuchi” bilan uni atigi 45 kunda bitirish haqida shiorlar ko‘tariladi.

Qurilishda taxminan 160 ming ishchi qatnashadi. Ularning orasida kolxozchilar, shahar ishchilari, talabalar, hatto maktab o‘quvchilari ham bor edi. Dehqonlar o‘z hosilini yig‘ib bo‘lishi bilanoq, ketmon va belkurak bilan kanal qazishga yuboriladi. Ishchilar ko‘pincha kuniga 12–14 soat ishlashga majbur bo‘lishgan.

O‘sha davr — 1930-yillar oxiri — Sovet Ittifoqida Stalin davrining eng qattiq siyosiy nazorat va targ‘ibot davri edi. Qurilish jarayoni ham shunchaki melioratsiya loyihasi emas, balki “xalqning birlashgan kuchi va sotsializmning g‘alabasi” sifatida namoyish qilinadi.

Gazeta va radio xabarlarida ishchilar “qahramonlar” deb ataladi, ular haqida she’r va qo‘shiqlar yaratiladi. Qurilishga kelmagan yoki reja bajarilmagan joylarda esa ba’zan “mehnat intizomiga qarshi chiqdi” degan ayblovlar qo‘yiladi.

Kanal qazishda texnika deyarli ishlatilmagan. Qazish ishlari belkurak, ketmon va oddiy aravalar yordamida amalga oshiriladi. Oziq-ovqat ta’minoti ba’zan yetarli bo‘lmagan, ishchilar chodirlarda yoki ochiq havoda tunagan. Ko‘plar charchoq va kasallikdan aziyat chekkan. Ammo rasmiy tarix yozuvlarida bular tilga olinmagan, faqat “rekord tezlik” va “xalq g‘alabasi” ta’kidlangan.

Kanal 1939-yil kuzida to‘liq ishga tushdi. U Farg‘ona vodiysida: 500 ming gektardan ortiq yerlarni sug‘orishga imkon berdi. Paxtachilik maydonini keskin kengaytirdi. Yangi qishloqlar va xo‘jaliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Sovet davrida bu qurilish “xalqning ulkan mehnatining timsoli” sifatida tarix darsliklariga kiritildi. Mustaqillik davrida esa unga ko‘proq iqtisodiy foyda va oddiy odamlarning mashaqqatli mehnati nuqtayi nazaridan baho berila boshlandi.

Mustaqillik davri

1991-yilda O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach, viloyat sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm bo‘yicha yetakchi hududlardan biriga aylanadi.

Qo‘qon 2019-yilda UNESCO tomonidan “Xalqaro hunarmandchilik shahri” deb tan olinadi.

Marg‘ilon Dunyo miqyosida ipakchilik markazi sifatida taniladi.

Rishtonda esa kulolchilik mahsulotlari eksport qilinadi.

Farg‘ona viloyati tarixi ming yillik jarayonlarni o‘zida mujassam etgan. Qadimgi Davan davlati, islomning kirib kelishi, Qo‘qon xonligi bu hududni siyosiy, madaniy va iqtisodiy jihatdan boyitgan. Bugungi kunda Farg‘ona viloyati o‘zining shaharlaridagi tarixiy merosi, hunarmandchilik va sanoati bilan O‘zbekistonning eng muhim markazlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Maqola muallifi: Ilyosbek Boltayev


O‘zbekiston


														
														Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

														
														Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026

														
														Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026

														
														Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026

														
														Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026

														
														Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026

														
														Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026

														
														Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026

														
														Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

														
														Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026

Bu ham qiziq

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Namangandagi boğçada 5 yoşli qiz zörlangani böyiça sud işi 18-noyabr kuni yopiq tarzda bölib ötadi

Sudning ajrimiga asosan, mazkur jinoyat işi 18-noyabr kuni körib çiqiş uçun tayinlangan bölib, jabrlanuvçi voyaga yetmaganli…
11:02 / 11.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!