Fransiya aholisi joriy yil 22-yanvar kuni koronavirusga qarshi vaksinalarga nisbatan e’tiroz bildirib, namoyish o‘tkazgan. Ya’ni, ular qog‘oz va bannerlarga “emlash kerakmas” shaklida izoh yozib, yangi vaksinaning qo‘llanishiga norozi ekanligini ta’kidlagan.
Mamlakatda koronavirusga qarshi yangi vaksinani qo‘llash kasallikka qarshi kurashish darajasini oshirishi mumkin. Biroq, Fransiya aholisi ushbu choralar salbiy oqibatlarga olib kelishidan xavotirda.
Shuningdek, Fransiya prezidenti ushbu masala bo‘yicha qo‘shimcha bahs-munozaralar olib borishni xohlamasligini bildirib o‘tgan. Xususan, yangi tibbiyot vaksinasini qo‘llash yanvar oyining o‘rtalarida parlament muhokamasidan so‘ng qabul qilingan, deyiladi xabarda.
“Vaksinalarning keng ommaga qo‘llanishi o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi, bu mamlakatda normal faoliyatning qayta tiklanishiga imkon beradi”, - deydi Fransiya turizm vaziri Jan-Baptiste Lemoine.
Biroq, Fransiyada minglab aholi oxirgi hafta ichida vaksina olishdan bosh tortishgan. Natijada, bir hafta ichida kunlik kasallanishlar soni keskin ortishi kuzatilgan.
Hozirda Fransiya shifoxonalari koronavirusga chalingan bemorlar bilan to‘lgan, ularning aksariyat qismi to‘liq emlanmagani aytilmoqda. Hukumat statistika ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda shifoxona bemorlarining 75 foizi COVID-19’ga chalingani uchun davolanmoqda. Shuningdek,
Fransiya aholisining 78 foizi to‘liq emlangani qayd etilgan.
Mamlakatda kasallanish bilan bog‘liq jiddiy vaziyatga qaramay, hukumat joriy yil fevral oyidan boshlab ko‘plab cheklovlarni bekor qilishini e’lon qilgan. Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks o‘tgan hafta jamoat joylarida niqob kiyish va masofaviy ishlash jarayonini 2-fevraldan to‘xtatishni aytgan. 2021-yil dekabr oyidan beri yopilgan tungi klublar ham 16-fevraldan qayta ochilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!