Ma’lumotlarga ko‘ra, “Nelson” to‘foni Ispaniyaning katta qismini qamrab olishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Tabiiy ofat vaqtida qurbonlar sohilda, suv oqimida va baliq ovlash portida bo‘lgan. Bir nafar syorfer suvdan vertolyot yordamida qutqarib olingan.
Bir kun avval Kataloniya janubidagi Tarragona shahrida ikki kishi – germaniyalik 32 yoshli sayyoh 16 yoshli o‘smirni qutqarish uchun suvga sakragan holda cho‘kib ketgan edi.
Mamlakat shimolidagi Asturiya shahrida to‘lqinlar balandligi 8 metrga yetgan, ikki kishi qurbon bo‘lgan.
Favqulodda vertolyot juma kuni Kantabriyadagi syorferni qutqargan.
Ko‘pgina hududlar kuchli shamol, qulagan daraxtlar va yuvilgan yo‘llar tufayli hafta oxirigacha to‘q sariq rangli ogohlantirish ostida qolmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!