$
12994.59 UZS
13.7
157.68 UZS
-0.99
14761.85 UZS
38.92
22° Kechasi 13°

Jahon banki kelgusida O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aytdi

18:03 / 06.10.2023

O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 2023-yilda 5,5 foizga yaqinlashishi (iyun oyidagi prognozga nisbatan +0,4 foiz punkt) va o‘rta muddatli istiqbolda asta-sekin tezlashib, 2024 va 2025-yillarda mos ravishda 5,6 va 5,8 foizga yetishi mumkin. Bu haqda kecha, 5-oktyabr kuni e’lon qilingan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti bo‘yicha hisobotida keltirilgan.

Prognozga ko‘ra, 2023-yilda Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmining pasayishi fonida iste’mol darajasining o‘sishi ham kamayadi. Ayni paytda pul o‘tkazmalari hajmining qisqarishi bilan mamlakatning joriy hisobi defitsiti birinchi yarim yillikda 6,3 foizga yetgan va bu o‘sishda davom etishi aytilmoqda.

Energetika sohasiga yuqori xarajatlar, davlat sektorida ta’lim, ish haqi, pensiya va nafaqalarga ko‘proq xarajatlar hamda byudjet daromadlarining kamayishi hisobiga 2023-yilda byudjet taqchilligi YAIMning 5 foizigacha oshishi mumkin.

“Byudjet taqchilligini 2024-yilda YAIMning 4 foizigacha va 2025-yilda 3,6 foizigacha kamaytish bilan hukumat o‘rta muddatli istiqbolda byudjetni konsolidatsiya qilishi kutilmoqda. Bu davlat korxonalari uchun soliq imtiyozlarining kamayishi, energetik subsidiyalar xarajatlarining pasayishi va davlat aktivlarini xususiylashtirish tufayli moliyaviy tushumlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘ladi”, deyiladi hisobotda.

Shuningdek, Hukumat tashqi qarz olish bo‘yicha o‘z cheklovlariga rioya qilishi kutilmoqda. Shunga qaramay, davlat qarzi 2023-yilda yalpi ichki mahsulotning 36 foizigacha o‘sgan va 2024-yilda 36,6 foizni tashkil etadi.

O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya dasturlari kengayganiga qaramay, pul o‘tkazmalari va shaxsiy iste’mol o‘sishining sekinlashishi kambag‘allikni kamaytirishda kutilayotgan yutuqlarni cheklashi mumkin. 2023 yilda kambag‘allik darajasi 13,9 foizgacha kamayishi ehtimoli mavjud.

Rossiyadagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashishi, yuqori tashqi inflyatsiya bosimi va kutilganidan qattiqroq global moliyaviy sharoit ushbu kutilmalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Iqtisodiyot uchun potensial ijobiy tendensiyalar qatoriga O‘zbekistonning asosiy eksport mahsulotlari – oltin, tabiiy gaz va mis narxlarining ko‘tarilishi hamda ishlab chiqarishning jadalroq o‘sishi kiradi.


Video Player is loading.

Bu ham qiziq

Moped va skuterlarni “prava” bilan boshqarish talabi kechiktirildi

Moped va skuterlarni “prava” bilan boshqarish talabi kechiktirildi

O‘zbekistonda moped va skuter haydovchilari uchun haydovchilik guvohnomasi talabi 1-oktyabrga qadar uzaytirildi.
11:54 / 16.04.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligi sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi

“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
10:20 / 16.04.2025
O‘zbekistonda qurilayotgan har bir obyektning QR-kodli pasporti bo‘ladi

O‘zbekistonda qurilayotgan har bir obyektning QR-kodli pasporti bo‘ladi

Bu orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqid…
12:26 / 16.04.2025
Toshkent va Islomobod shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent va Islomobod shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 24-may sanasidan boshlab “Toshkent – Islomobod” yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar yo‘lga qo…
15:21 / 15.04.2025
O‘rmon yong‘inlari Meksikaning 23 shtatini qamrab oldi

O‘rmon yong‘inlari Meksikaning 23 shtatini qamrab oldi

Meksikada tabiiy o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. 32 shtatdan 23 tasida o‘rmonlar olov bilan qoplangan.
20:09 / 15.04.2025
Toshkent shahrining ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ matbuot xizmati xabar berdi.
16:23 / 16.04.2025
Mirziyoyev “Yangi Andijon” nomini Bobur shahri deb o‘zgartirishni taklif qildi

Mirziyoyev “Yangi Andijon” nomini Bobur shahri deb o‘zgartirishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev o‘z merosi bilan mamlakatni ulug‘lagan Zohiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish muhimligini …
21:27 / 15.04.2025
Jizzaxdagi atom stansiyasi uchun baza qurilishi boshlandi

Jizzaxdagi atom stansiyasi uchun baza qurilishi boshlandi

15-aprel kuni Jizzax viloyatida Rossiyaning ritm-200N reaktori bilan kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi uchun quri…
18:48 / 15.04.2025
Qamchiq dovonida fura yonib ketdi

Qamchiq dovonida fura yonib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
10:05 / 16.04.2025
Namanganda 10-sinf o‘quvchisi Cobalt’da 4-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Namanganda 10-sinf o‘quvchisi Cobalt’da 4-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:19 / 16.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!