$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Zelenskiy Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

10:45 / 20.03.2025

Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Tramp Putin bilan suhbatdan so‘ng navbatdagi qadamlar qanday bo‘lishni muhokama qilgan.  

The New York Times nashri xabar berishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali mazmunli suhbat o‘tkazgan va unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokamalardan so‘ng keyingi qadamlar muhokama qilingan.

Tramp ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida telefon orqali suhbat bir soat davom etganini va Davlat kotibi Marko Rubio hamda Milliy xavfsizlik maslahatchisi Maykl Uols yaqin orada suhbat tafsilotlarini batafsil bayon qilishini bildirgan.

“Muhokamaning asosiy qismi kecha Putin bilan bo‘lib o‘tgan suhbatga asoslandi, Rossiya va Ukrainaning talab hamda ehtiyojlarini uyg‘unlashtirish masalasi ko‘rib chiqildi”, — deydi Tramp.

Putin suhbat chog‘ida Ukrainaga qarshi hujumlarning bir qismini to‘xtatish bo‘yicha qisman kelishuvni taklif qilgan edi. Bu kelishuv Kiyev Vashingtonning talabiga ko‘ra rozi bo‘lgan 30 kunlik shartsiz sulhdan kamroqni nazarda tutardi.

Chorshanba kuni Zelenskiy qisman otashkesim o‘rnatish taklifiga ma’lum darajada ochiq munosabat bildirdi, biroq bunday kelishuv samarali bo‘lishi uchun AQSH tomonidan nazorat qilinishi kerakligini ta’kidladi.

“Ukraina himoya qilinishi kerak bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini tayyorlaydi, agar nazorat mexanizmi Rossiya bizning obyektlarimizga zarba bermayotganini tasdiqlasa, biz ham ularnikiga zarba bermaymiz”, — deydi Zelenskiy Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan Xelsinkidagi matbuot anjumanida.

Zelenskiy Putin tomonidan taklif etilgan keng qamrovli sulh shartlarini, jumladan, Ukrainaga chet el harbiy va razvedka yordamini to‘liq to‘xtatish talabini — Rossiyaning muzokaralarda ko‘proq vaqt yutish va frontda o‘z pozitsiyalarini yaxshilashga urinishi sifatida baholadi.

Putin va Tramp o‘rtasidagi suhbatdan so‘ng Zelenskiy yana shu fikrni takrorladi va Rossiya shartlar qo‘yish orqali urushni tugatish niyati yo‘qligini ko‘rsatayotganini aytdi.

Zelenskiy 28-fevral kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan muammoli uchrashuvdan so‘ng Vashington bilan muvozanatli munosabatlarni saqlashga harakat qilmoqda. O‘sha paytda Tramp va vitse-prezident Jey Di Vens uni AQSH yordami uchun “yetarli darajada minnatdorlik bildirmayotganlikda” ayblagan edi. Uchrashuvdan keyin Tramp ma’muriyati Ukrainaga harbiy yordam va razvedka ma’lumotlarini vaqtincha to‘xtatdi. Buning ortidan Zelenskiy ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga harakat qildi.

Yevropa ittifoqidagi davlatlar har qanday sulh harakatlarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llab-quvvatlayotgan bir paytda Kiyevga ko‘proq yordam berishga va Rossiyaga bosimni kuchaytirishga va’da berishmoqda.

Ukraina rasmiylari AQSH va Saudiya Arabistonidagi muzokaralardan so‘ng 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini qabul qilishgan edi. Bu shartnoma quruqlik, havo va dengizdagi hujumlarni qamrab olgan bo‘lib, Rossiyaning uch yil oldingi keng ko‘lamli bosqinidan beri birinchi marta to‘liq sulh e’lon qilinishi mumkin edi. Zelenskiyning ta’kidlashicha, ushbu bir oylik sulh uzoq muddatli tinchlik bo‘yicha kengroq muzokaralar uchun imkoniyat yaratishi kerak edi.


Ukraina – Rossiya


														
														Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Rossiya poytaxti Moskva so‘nggi bir sutka ichida eng yirik dron hujumiga uchradi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari kecha,-19-…
16:29 / 20.09.2026

														
														Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor

Rossiya Kiyevga hujum qildi. Qurbonlar bor

Rossiyaning Buchan tumaniga hujumi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
17:09 / 29.08.2026

														
														«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

«Ular o‘zi jinni shishadan chiqarib yuborishdi» – Putin Ukraina bo‘ylab zarbalar haqida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin VGTRK propagandachisi Pavel Zarubinga bergan «intervyu»sida Kiyevning maqsadi – Rossiya iq…
15:22 / 23.08.2026

														
														Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ukraina urushga ayollarni safarbar qiladi

Ayollarning Ukraina Qurolli Kuchlariga safarbar qilinishi, hatto jarohatsiz ham ayollar uchun ko‘p sonli jarohatlar va sog‘l…
17:31 / 15.08.2026

														
														Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni to‘xtatishni taklif qildi

Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik obyektlariga qaratilgan hujumlarni o‘zaro to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda ma…
17:07 / 14.08.2026

														
														Rubio: “AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qila oladigan yagona mamlakat”

Rubio: “AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qila oladigan yagona mamlakat”

“Qo‘shma Shtatlar o‘zini Ukrainadagi mojaroni tugatishga qodir yagona mamlakat deb hisoblaydi”, – dedi Davlat kotibi Marko R…
15:45 / 22.07.2026

														
														Rossiya hujumidan keyin Ukraina poytaxti tutun ichida qoldi

Rossiya hujumidan keyin Ukraina poytaxti tutun ichida qoldi

“Yong‘inlar tufayli Kiyevni qora tutun qopladi. Aholisiga derazalarni yopiq holda saqlash va iloji bo‘lsa, uyda qolish tavsi…
11:38 / 06.07.2026

														
														Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini ma’lum qildi

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash masalasini muhokama qildik.
17:52 / 16.06.2026

														
														Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

Kiyev Yevropani urushga tortmoqda

“Ukraina Latviya hududidan Rossiya hududlariga qarshi dronlarni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, – deb xabar berdi Rossiy…
10:40 / 25.05.2026

														
														Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiya xorijiy diplomatlarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Rossiyaning Tashqi ishlar vazirli diplomatik vakolatxonalarni Moskva Ukrainaning 9-maydagi G‘alaba kunini nishonlash marosim…
09:42 / 07.05.2026

Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!