Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.
2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023-yilning 18-yanvaridan boshlanadi.
Joriy yilning 11 – 17-yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.
Shunigdek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10 – 18-yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.
Eng muhimi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10 – 18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlanadi.
Farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga borayotgan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti maoshi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi.
Joriy yilning 10 – 18-yanvar kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim yoshidagi (3-7 yoshli) bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga toʼlanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!