Jang yil so‘nggiga qadar tashkil etilishi mumkin.
Filippinlik bokschi Ahmadaliyevni ortiq kuta olmasligini bildirdi.
Murodjon Ahmadaliyevning IBF kamariga majburiy da’vogar hisoblangan filippinlik bokschi Marlon Tapales “KAKA” bilan shu yilning o‘zida jang qilmoqchi.
“Men bu jang shu yil ichida bo‘lishini xohlayman. U buyuk jahon chempioni, mahoratli va epchil bokschi. Ammo ishonchim komilki, mening uslubim unga juda mos keladi va menda uni mag‘lub etish uchun arsenal bor. Bu to‘qnashuvni tezroq tashkil etish uchun kurashni menejer hamda promouterimga topshiraman. Sport zalida qattiq mehnat qildim va bu jangni uzoq kuta olmayman”, – dedi Marlon.
Avvalroq murabbiy To‘lqin Qilichev “KAKA” bu yil ringga qaytmasligi, kelasi yilning yanvar-fevral oylarida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi ringga chiqishi mumkinligini aytgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!