$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

O‘zbekiston Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro olimpiadada ishtirok etadi

08:44 / 04.03.2023

O‘zbekiston Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro olimpiadada ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, olimpiadada 15 davlat vakillari ishtirok etadi. Ular orasida Namibiya, Eron va Pokistondan ishtirokchilar birinchi marta musobaqada qatnashadi.

“Agar 2021-yilda olimpiadada yetti davlatdan maktab o‘quvchilari va talabalari ishtirok etgan bo‘lsa, 2022-yilda 12 davlat, jumladan, BRIKS mamlakatlari (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) ham ishtirok etadi”, – dedi Chernishenko.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyada joriy yilda o‘quvchilar va talabalarni olimpiadalararo tayyorlash markazi tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalaridan biri olimpiadani rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlaridan bolalar va yoshlarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratilishini aytib o‘tgan.

Bundan tashqari, Bosh vazir o‘rinbosari Olimpiadaga do‘st davlatlar, xususan, Kuba va Vyetnam vakillarini jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.

Olimpiadaning oldingi ikki yili natijalariga ko‘ra, nafaqat erishilgan natijalarni saqlab qolish, balki ularni sezilarli darajada yaxshilash ham zarurligiga urg‘u bergan Chernishenko.

Qayd etilishicha, 2021-2022-yillarda olimpiadaning saralash bosqichlariga 70 mingdan ortiq ariza topshirilgan, 860 dan ortiq ishtirokchi finalga chiqqan, 223 nafari esa sovrindor va g‘olib bo‘lgan.

Olimpiada g‘oliblari oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlariga imtihonlarsiz o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasi uchinchi bor o‘tkazilmoqda. 2021-yilda unda yetti davlat (Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston), 2022-yilda 12 davlat – Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Braziliyadan ishtirokchilar qatnashgan.


Bu ham qiziq

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda kun tartibidagi bir qancha masalalar muhokama qilindi
19:01 / 12.07.2025
Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni jahon hamjamiyatiga kelishuvga erishish uchun hamma narsani qilmoqda va Rossiya-Amerika muloqoti uchun pl…
11:02 / 12.07.2025
O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
15:06 / 13.07.2025
“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ta’lim tizimidagi korrupsiya holatiga munosabat bildirdi.
10:00 / 13.07.2025
Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025
Lamin Yamal kelajagi haqida fikr bildirdi

Lamin Yamal kelajagi haqida fikr bildirdi

Ispaniyalik 18 yoshli futbolchi bu boradagi rejalari bilan o'rtoqlashdi
19:44 / 13.07.2025
Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan burama shoxli echkilar “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lgan.
16:47 / 13.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!