2023-yilning 23-may kuni O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Ilyasovna Xasanova 39 yoshida vafot etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda aytilishicha, sportchi kosmetologik operatsiya davomida noto‘g‘ri dori vositasi qo‘llanilishi oqibatida shokka tushgan. Keyinchalik, sport ustasi 16-shahar shifoxonasiga olib borilgan. Xasanova taxminan kechki soat 19:00 larda shifoxonada vafot etgan.
Aida Xasanova qilichbozlik bo‘yicha sport ustasi, ko‘p karra mamlakat chempioni, 2001-2006-yillarda Markaziy Osiyo chempioni, 2005-yil Angliyada o‘tkazilgan xalqaro turnirning oltin medali sovrindori hisoblanadi.
2014-yilda Aida O‘zbekiston tarixidagi qilichbozlikning barcha uch qurol turi bo‘yicha birinchi xalqaro hakam bo‘ldi. O‘sha yildan boshlab u Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi - FIE hakami bo‘lib, xalqaro chempionat va turnirlarda hakamlik qilgan.
Aida Xasanova Tokio Olimpiadasida butun Osiyo mintaqasidan ishtirok etgan yagona ayol hakam edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!