$
12620.01 UZS
-42
135.74 UZS
-1.91
13522.34 UZS
-71.59
22° Kechasi 12°

Oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchilarga moliyaviy resurslar ajratiladi

11:52 / 17.02.2024

Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari va eksport qiluvchilar tomonidan xorijiy davlatlarda savdo uyi va do‘konlarini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming AQSh dollarigacha mablag‘ni xorijiy hisob raqamlarga o‘tkazishga ruxsat beriladi.

“Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 220 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar 2024-yil 1-martgacha tijorat banklariga yo‘naltiriladi. Bunda tijorat banklari tomonidan yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada quyidagi imtiyozli kreditlar ajratiladi:

- oziq-ovqat yo‘nalishidagi, sohada mahsulot yetishtirishdan tortib, uni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun – 10-yil muddatga 3-yillik imtiyozli davr bilan;

- aylanma mablag‘lar uchun – 18 oy muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan.

2024-yil 1-martdan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi resurslari hisobidan oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun 2-yil muddatgacha ular tomonidan oxirgi 12 oy davomida eksport hajmi:

➖ 100 ming AQSh dollaridan 1 million AQSh dollarigacha bo‘lganda –100 ming AQSh dollarigacha;

➖ 1 million AQSh dollaridan 2 million AQSh dollarigacha bo‘lganda –1 million AQSh dollarigacha;

➖ 2 million AQSh dollaridan 4 million AQSh dollarigacha bo‘lganda –2 million AQSh dollarigacha;

➖ 4 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda – 3 million AQSh dollarigacha moliyaviy resurslar ajratiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari va eksport qiluvchilar tomonidan xorijiy davlatlarda savdo uyi va do‘konlarini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming AQSh dollarigacha mablag‘ni xorijiy hisob raqamlarga o‘tkazishga ruxsat beriladi.


Bu ham qiziq

Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Hibsga olinganida u An-Naja universitetining jurnalistika fakulteti talabasi edi.
16:34 / 29.04.2024
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan harakatlanadi.
16:36 / 30.04.2024
Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Vertolyotning qulashi sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
12:36 / 30.04.2024
“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi.
09:27 / 30.04.2024
Prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Investitsiya forumida 40 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
15:52 / 29.04.2024
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Bu bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.
16:32 / 30.04.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

Toshkentda o‘rtacha oylik ish haqi 8 million so‘mdan oshdi.
12:29 / 29.04.2024
Yurak uchun 8 qoida

Yurak uchun 8 qoida

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun har yili profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish lozim!
11:24 / 29.04.2024
Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olindi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olindi

Turgumbayev 2022-yil yanvar oyidagi fojiali voqealarda mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.
10:11 / 30.04.2024
Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu bo‘yicha ta’lim muassasasining o‘zi iltimos bilan chiqqan.
14:42 / 29.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!