Bolgariyalik Kamen Xadjiyev va ukrainalik himoyachi Aleksey Larin “Paxtakor” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30 yoshli bolgariyalik himoyachi jamoamiz bilan 1+1 koʻrinishida shartnomaga imzo chekdi.
“Sherlar”ning Turkiyadagi yigʻiniga borib qoʻshilgan Xadjiyev tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli oʻtdi va erkin agent sifatida “Paxtakor” futbolchisiga aylandi.
U faoliyati davomida Bolgariyaning “Rodopa”, “Pirin”, “Minyor”, “Lokomotiv” va “Beroye”, Germaniyaning “Olbendurg”, Niderlandiyaning “Fortuna” va Vengriyaning “Pushkash Akademiya” klublarida oʻynagan.
Professional faoliyati mobaynida klublarda 258 oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol muallifiga aylangan. Oxirgi jamoasi “Beroye”da mazkur mavsumda 14 uchrashuvda maydonga tushgan. Bolgariya milliy terma jamoasiga 2019-yildan beri jalb etiladi.
“Sherlar” bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnomaga imzo chekkan 28 yoshli ukrainalik himoyachi Aleksey Larin esa faoliyati davomida Ukrainaning “Dnepr” va “Arsenal”, Bolgariyaning “Dunav” va Tojikistonning “Istiqlol” jamoalarida oʻynagan.
Oʻtgan mavsum esa, oxirgi klubi “Istiqlol”da jami 38 oʻyinda 2 toʻp kiritgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!