Pokiston prezidenti Arif Alvi avval bosh vazir Shahboz Sharif tomonidan yuborilgan Milliy assambleyani (parlament quyi palatasi) muddatidan oldin tarqatib yuborish haqidagi bildirishnomani tasdiqladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
“Prezident Arif Alvi konstitutsiyaning 58-1-moddasiga muvofiq, Bosh vazir maslahati bilan Milliy majlisni tarqatib yubordi”, – deyiladi xabarda.
Endilikda mamlakatda Shahboz Sharif hukumati vakolatlari tugatildi. Vazirlar mahkamasi o‘rniga muvaqqat hukumat tuziladi. Muvaqqat bosh vazir nomzodi hali aniqlanmagan.
Shahboz Sharif Milliy Assambleyadagi muxolifat yetakchisi bilan birgalikda respublikani vaqtincha kim boshqarishini hal qilishi kerak. Agar ular uch kun ichida nomzod bo‘yicha kelisha olmasa, bu vazifani teng miqdordagi hukmron va muxolifat vakillaridan iborat maxsus parlament qo‘mitasi hal qiladi. Parlament qo'mitasi konsensusga erishish uchun uch kun vaqt oladi. Agar siyosatchilar bu borada kelisha olmasa, yakuniy tanlovni Pokiston saylov komissiyasi qiladi.
Pokistondagi parlament quyi palatasi a’zolari besh yil muddatga saylanadi. Pokiston Konstitutsiyasiga ko‘ra, umumiy saylovlar quyi palata odatdagidek tarqatib yuborilganidan keyin 60 kun ichida, muddatidan oldin tarqatib yuborilgan taqdirda esa 90 kun ichida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!