$
12581.73 UZS
-71.75
158.34 UZS
-1.41
14764.66 UZS
-106.98
34° Kechasi 22°

Prezident elektrotexnika sanoatidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

08:35 / 27.09.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 26-sentabr kuni elektrotexnika sanoatidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov tarmoqdagi galdagi ishlar, kelgusi yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar haqida axborot bergan. Qayd etilishicha, bugungi kunda 1 milliard 200 million dollarlik 205 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Yangi mahsulotlar va ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish, 2023 yilda eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlab, tarmoqdagi ustuvor vazifalarni ko‘rsatib o‘tgan.

“Maishiy texnika ishlab chiqarish ko‘paydi degani, bu – aholining sotib oluvchanlik qobiliyati o‘sdi, degani. Oxirgi yillarda elektrotexnika sanoatimiz “qayta tug‘ildi”. Endi uni yanada rivojlantirib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish kerak. Pirovard maqsad – ish o‘rni”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tahlillarga ko‘ra, jahon bozorlaridagi vaziyat ikki yilda eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish mumkinligini ko‘rsatadi. Shuningdek, O‘zbekistonda 1 milliard 300 million dollarlik import bozori bor. Bu imkoniyatlardan munosib ulush olish uchun mahsulot, avvalo, sifatli va taniqli bo‘lishi kerak.

Shu bois Prezident yangi mahalliy brendlar yaratish va xorijiy brendlarni olib kelish, mahsulotlarni shunga muvofiq sifatli qilib, xaridorlar ishonchini qozonish zarurligini ta’kidlagan.

Mamlakatimizda yarim o‘tkazgich va elektron platalarga talab 6 milliard dollarni tashkil etadi. Shu bois bunday korxonalarni ko‘paytirish, elektronika va mikroelektronika yo‘nalishida ilmiy, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarni moliyalashtirish vazifasi belgilandi. Maishiy texnikalarni markirovkalash, eksportni sug‘urtalash va kreditlashni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, maishiy texnika bor ekan, servis xizmatiga talab ham har doim bo‘lshi, kasb-hunar maktablarida yoshlarni bu yo‘nalishga o‘qitish ularni ish bilan ta’minlashda muhim omil ekani qayd etildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 9-sentabrdagi farmoniga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish bo‘yicha dastur qabul qilindi. Unda 34 mingta xonadon, vazirlik va idoralarning 6 mingta ob’yektida shunday qurilmalar o‘rnatilishi belgilandi. Aholiga kompensasiya olish, kreditni 3 yil ichida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratildi”, – deyiladi xabarda.

Iste’molchilarga muqobil energiya qurilmalarini yetkazib berish maqsadida Qashqadaryoda klaster usulida korxona barpo etish rejalashtirilgan. Yig‘ilishda ushbu loyihaning borishi haqida axborot berildi.

Elektrotexnika tarmog‘i mis bilan bog‘liq va so‘nggi yillarda yangi konlar o‘zlashtirilib, bu xomashyoning zaxirasi kengaytirilgan. Ohangaron tumani va Qarshi shahrida mis klasterlari tashkil etilmoqda. Davlat rahbari bu korxonalarda xorijiy boshqaruvni yo‘lga qo‘yib, chuqur qayta ishlash loyihalari, ilm va innovatsiyani olib kirish zarurligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, kelgusi yil bu yo‘nalishda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan 34 ta loyiha ishga tushirilishi qayd etildi.

Qayd etish mumkin, so‘nggi besh yilda ishlab chiqarish hajmi 4,5 baravar o‘sgan.

Shu tufayli eksport ham 5 baravar ko‘paygan. Yil yakunigacha bu ko‘rsatkich 750 million dollardan oshishi kutilmoqda. 2017-yilda bu tarmoqda eksportbop mahsulotlar 25 ta bo‘lgan bo‘lsa, joriy yil 200 taga yetgan. Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi 11 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqqan.


Bu ham qiziq

Toshkent shahar hokimligi qurilish va uy sotib olishda aholini hushyor bo‘lishga chaqirdi

Toshkent shahar hokimligi qurilish va uy sotib olishda aholini hushyor bo‘lishga chaqirdi

Bunga sabab sifatida oxirgi paytlarda kuchaygan noqonuniy qurilishlar ko‘rsatildi
21:24 / 27.07.2025
Boku Moskvadan AZAL samolyotining halokati uchun javobgarlikni tan olishini talab qilmoqda

Boku Moskvadan AZAL samolyotining halokati uchun javobgarlikni tan olishini talab qilmoqda

Bu haqda Ozarbayjon prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Hikmet Gajiyev Berliner …
13:03 / 27.07.2025
Eronda zilzila sodir bo‘ldi

Eronda zilzila sodir bo‘ldi

Hozircha ehtimoliy vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
10:57 / 28.07.2025
Fransiya oliy sudi Bashar Asadni hibsga oluvchi orderni bekor qildi

Fransiya oliy sudi Bashar Asadni hibsga oluvchi orderni bekor qildi

Suriyaning sobiq prezidenti kimyoviy qurol ishlatganlik va genotsid sodir etishda ayblanayotgan edi
19:51 / 26.07.2025
Isroil G‘azo sektoriga oziq-ovqatni parashyut bilan olib ruxsat beradi

Isroil G‘azo sektoriga oziq-ovqatni parashyut bilan olib ruxsat beradi

Netanyaxu hukumati bu haqda xalqaro tashkilotlarga ma’lum qilgan
22:32 / 26.07.2025
Mo‘ynoqda yerdan katta miqdorda tabiiy gaz otilib chiqdi

Mo‘ynoqda yerdan katta miqdorda tabiiy gaz otilib chiqdi

Mas’ul rahbarlar yetib borgan, yong‘in bo‘lishining oldini olish maqsadida chora-tadbirlar olib borilmoqda.
10:30 / 27.07.2025
Isroil xalqaro tashkilotlarga G‘azo sektoriga gumanitar yordamlarni o‘z vaqtida kirib borishini va’da qilmoqda

Isroil xalqaro tashkilotlarga G‘azo sektoriga gumanitar yordamlarni o‘z vaqtida kirib borishini va’da qilmoqda

Ammo rasmiy hukumat xalqaro tashkilotlarni bu borada javobgar deya baholadi
20:37 / 27.07.2025
Isroil G‘azoga gumanitar yordam yetkazish uchun maxsus yo‘laklarni ochadi

Isroil G‘azoga gumanitar yordam yetkazish uchun maxsus yo‘laklarni ochadi

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida yil boshidan buyon 127 kishi, jumladan, besh nafar bola va…
13:03 / 27.07.2025
28-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

28-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:23 / 27.07.2025
Temir yo‘l transportida qancha yuk tashilgan?

Temir yo‘l transportida qancha yuk tashilgan?

Statistika qo‘mitasi bu boradagi ma’lumotlarni ochiqladi
19:02 / 27.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!