Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) bayonotida aytilishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan va “G‘azo sektorida ataylab ocharchilik uyushtirilayotgani haqidagi yolg‘on da’volarni rad etish maqsadida” oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish uchun BMT karvonlari xavfsiz harakatlanadigan maxsus gumanitar yo‘laklar tashkil etilishi bildirildi.
Mazkur bayonotdan ko‘p o‘tmay, SAXAL vakili Reuters’ga G‘azoga parashyutlar orqali yordam tashlash yana boshlanganini ma’lum qildi. SAXAL bayonotida “xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan un, shakar va konservalar joylangan yettita konteyner parashyut orqali tushirilgani” aytilgan.
Gumanitar tashkilotlar esa parashyut orqali yordam tashlash o‘ta samarasiz usul ekanini qayd etmoqda.
Avvalroq 100 dan ortiq tashkilot G‘azoda ocharchilik tobora avj olayotganidan ogohlantirgan edi. SAXAL bu da’volarni inkor etib, ularni “XAMAS tomonidan ilgari surilayotgan yolg‘on kampaniya” deb atadi. Shanba kuni G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida yil boshidan buyon 127 kishi, jumladan, besh nafar bola vafot etganini ma’lum qilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!