$
12254.27 UZS
-30.89
147.89 UZS
-0.73
14516.41 UZS
1.49
31° Kechasi 18°

Toshkent shahar hokimligi qurilish va uy sotib olishda aholini hushyor bo‘lishga chaqirdi

21:24 / 27.07.2025

“So‘nggi oylarda Toshkentda ayrim quruvchilar tomonidan qurilish me’yorlari va qonunchilik talablari buzilishi holatlari ko‘plab aniqlandi. Ba’zilari zarur ruxsat beruvchi hujjatlar, ekspertiza xulosalari va texnik ma’lumotnomalarni olmasdan qurilishni boshlab, fuqarolarga noqonuniy ravishda uy-joy sotishga urinishgan.

Bunday xatti-harakatlar natijasida ayrim yurtdoshlarimiz vijdonsiz kompaniyalarga ishonib, jamg‘armalarini yo‘qotib, uy-joysiz qolmoqda.

Toshkent shahar hokimligi vakolatli tuzilmalar bilan hamkorlikda bu masalada qat’iy va prinsipial pozitsiyani egallagan. Poytaxtning bir qator tumanlarida to‘liq hujjatlar to‘plamiga ega bo‘lmagan 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatildi, obyektlar elektr ta’minotidan uzib qo‘yildi. Qurilish maydonlarida nazorat va monitoring ishlari davom ettirilmoqda, har bir qonunbuzarlik holati bo‘yicha qonuniy choralar ko‘riladi.

Hurmatli poytaxt aholisi! Uy-joy xarid qilishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘ling:

- sotib olayotgan ko‘chmas mulkka oid barcha hujjatlarning asl nusxalarini (kadastr, ekspertiza xulosalari va kengash qarorlari, texnik ko‘rik dalolatnomasi) talab qiling va ularni sinchkovlik bilan tekshiring;

- sotuvchilarga pulni naqd yoki norasmiy yo‘llar bilan bermang, shartnomaning barcha bandlarini diqqat bilan o‘rganib chiqing;

- quruvchi yoki obyektning qonuniyligi xususida ozgina shubha tug‘ilsa, shuningdek, kompaniya hujjatlarni taqdim etishni paysalga solsa, Toshkent shahar hokimligining rasmiy botiga murojaat eting. Sizga obyektning qonuniy maqomi haqida ma’lumot beriladi.

Hurmatli tadbirkorlar va quruvchilar! Qurilish yoki savdo faoliyatini boshlashdan avval, barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirib oling. Toshkent shahar hokimligi qurilish talablarining har qanday buzilishiga va fuqarolar manfaatlariga zarar yetkazuvchi harakatlarga nisbatan qat’iy va murosasiz choralar ko‘radi.

Hokimlikning asosiy vazifasi - poytaxt aholisining xavfsizligi, osoyishtaligi va qonuniy, qulay hamda xavfsiz uy-joyga ega bo‘lish huquqini himoya qilishdir” – deyiladi poytaxt hokimligining rasmiy xabarida.


O‘zbekiston


														
														Saudiya Arabistonida mushkul ahvolda qolgan bir guruh o‘zbekistonlik ziyoratchilar vatanga qaytarildi

Saudiya Arabistonida mushkul ahvolda qolgan bir guruh o‘zbekistonlik ziyoratchilar vatanga qaytarildi

“Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida Saudiya Arabistoniga Umra amallarini bajarish uchun borgan va mushkul ahvolda qolg…
13:10 / 18.09.2025

														
														Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi

Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi

“Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
12:19 / 18.09.2025

														
														18-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqdan s…
15:28 / 17.09.2025

														
														Samarqandda oilaviy korxona 2,1 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘mardi

Samarqandda oilaviy korxona 2,1 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 160 million so‘mlik …
14:42 / 17.09.2025

														
														2026-yilda 32 ta tuman va 328 ta og‘ir mahalla tanlanib, ularni rivojlantirish bo‘yicha dastur qabul qilinadi

2026-yilda 32 ta tuman va 328 ta og‘ir mahalla tanlanib, ularni rivojlantirish bo‘yicha dastur qabul qilinadi

Shavkat Mirziyoyev hududlarda infratuzilmani yaxshilash va odamlarga yashash uchun qulay sharoit yaratish kambag‘allikni qis…
13:11 / 17.09.2025

														
														“2030-yilga borib, O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka to‘liq barham berishga barcha imkoniyatimiz bor” – Shavkat Mirziyoyev

“2030-yilga borib, O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka to‘liq barham berishga barcha imkoniyatimiz bor” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Namangan shahridagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumida nutq so‘zlamoqda.
12:54 / 17.09.2025

														
														Surxondaryoda hakamlik sudi mas’ul xodimi qo‘lga olindi

Surxondaryoda hakamlik sudi mas’ul xodimi qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
12:40 / 17.09.2025

														
														Prezident Namangan va buxorolik ikki nafar o‘qituvchiga mashina sovg‘a qildi

Prezident Namangan va buxorolik ikki nafar o‘qituvchiga mashina sovg‘a qildi

Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
10:03 / 17.09.2025

														
														O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Bugun soat 09:14 da Navoiy viloyati Konimex tumanida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
09:28 / 17.09.2025

														
														17-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 17-sentyabr, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
17:40 / 16.09.2025

Bu ham qiziq

18-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqdan s…
15:28 / 17.09.2025
Tramp AQSh antifashistlar harakatini terrorchi tashkilot deb e’lon qildi

Tramp AQSh antifashistlar harakatini terrorchi tashkilot deb e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika antifashistlar harakatini terroristik tashkilot deb tan olganini aytdi. U bu haqda Trut…
11:16 / 18.09.2025
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Bugun soat 09:14 da Navoiy viloyati Konimex tumanida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
09:28 / 17.09.2025
Bugun Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi

Shuningdek, Prezident “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etadi va nutq so…
09:13 / 16.09.2025
Isroil G‘azoni to‘liq nazoratga olish uchun bir necha oylik harbiy amaliyotga tayyorlanyapti

Isroil G‘azoni to‘liq nazoratga olish uchun bir necha oylik harbiy amaliyotga tayyorlanyapti

Ma’lumot uchun, Isroil armiyasining hujum rejalari avgust oyi oxirida Bosh vazir Netanyaxu tomonidan tasdiqlangan edi.
11:21 / 17.09.2025
1-noyabrdan talabalar ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha YIDXP (my.gov.uz)ga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi

1-noyabrdan talabalar ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha YIDXP (my.gov.uz)ga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan nogironlikni belgilash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasa…
11:32 / 17.09.2025
Japarov Jalolobod shahrini Manas deb qayta nomlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Japarov Jalolobod shahrini Manas deb qayta nomlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Bu haqda Qirg‘iziston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
09:29 / 18.09.2025
Erdo‘g‘an Isroilga nisbatan kuchli sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi

Erdo‘g‘an Isroilga nisbatan kuchli sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi

“Turkiya sizlar bilan tajribamiz va imkoniyatlarimizni bo‘lishishga tayyor. Biz bir yarim yil oldin Isroil bilan barcha savd…
14:46 / 16.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Namanganga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Namanganga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumida ham ishtirok etadi.
10:41 / 16.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!