$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
20° Kechasi 14°

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonda "Asaka tekstil" klasterining to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi

15:45 / 15.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 fevral kuni Andijon viloyatiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Prezidentning viloyatga safari davomida ko‘zda tutilgan manzillar va rejalar ko‘p. Shulardan birinchisi “Asaka tekstil” klasterining to‘qimachilik korxonasi bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, ushbu majmua 2022 yil avgustda ishga tushirilgan. Bugungi kunda 83 million dollarlik loyiha evaziga xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq “zanjir” tashkil etilgan. “Asakadagi korxonaga Shveysariya, Italiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiyadan uskunalar keltirib o‘rnatilgan. U yiliga 11 ming tonna ip-kalava, 8 ming tonna momiq va trikotaj mato, 12 ming tonna ip va matoni bo‘yash, 6 ming tonna tayyor trikotaj va sochiq ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 3 ming 200 kishi ishlamoqda”, deyiladi xabarda. Shuningdek, korxonada xorijiy hamkorlar talabiga asosan sifat nazorati, kasb o‘rgatish markazi tashkil etilgan. Bundan tashqari, bo‘yoq sexidan chiqqan suvni tozalash inshooti ham ishga tushirilgan.

Umuman, klaster tomonidan 102 million dollarlik loyihalar amalga oshirilib, yillik 50 million dollarlik eksport quvvati yaratilgan. Bundan 7 yil oldingi holat bilan solishtirganda daromad,  iqtisodiy manfaatdorlikdagi farq yer bilan osmoncha. Kelgusi yillarda klaster tomonidan Ulug‘nor tumanida 70 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash zavodi,  tikuv-trikotaj va paypoq ishlab chiqarish korxonasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Ularda yana 1 ming 600 dan ziyod ish o‘rni ochiladi”, deyiladi xabarda. Shu yerda Prezidentga Andijon viloyati misolida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha axborot berilgan. Qayd etilishicha, endilikda ishlab chiqarish tannarxi 15 foizga qisqartiriladi, 65 foiz qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Dizayner va texnologlar maktabi tashkil etiladi. Nufuzli brendlar va riteylerlar jalb etilib, tarmoq korxonalari eksporti 800 million dollarga yetkaziladi. Davlat rahbari klaster bilan fermerlar o‘rtasidagi munosabatlarda manfaatdorlikni oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan.

“Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini rivojlantiryapmiz. Maqsadimiz - yerga nisbatan e’tiborni, mahsulot yetishtiradiganlar manfaatini kuchaytirish. Sohaning quyi bo‘g‘inidagi dehqon va fermer ham raqobatbardosh bo‘lishi kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev. Prezident korxonada ishlayotgan tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi. Ularning ayrimlari o‘z tumanida yuqori maoshli ish paydo bo‘lgani uchun mehnat muhojirligidan qaytib kelgan.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

Uchrashuvda Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga a…
15:54 / 02.05.2024
4-may kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotlari

4-may kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotlari

3-8 mayda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
17:05 / 03.05.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:02 / 02.05.2024
Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Binance kriptobirjasi asoschisi XAMASga o‘tkazmalarni yashirishda ayblanmoqda

Prokurorlar unga uch yillik qamoq jazosini so‘ragan edi.
09:53 / 03.05.2024
Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini…
20:14 / 02.05.2024
Ayni vaqtda Yerda 7 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Ayni vaqtda Yerda 7 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Bu haqda Meteoprog xabar berdi.
12:03 / 03.05.2024
Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Shu bilan birga, norozilik namoyishlari uning yaqin Sharq mintaqasiga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga olib keldimi, degan…
09:28 / 03.05.2024
Sergelidagi omborxonada chiqqan yong‘in bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tdi

Sergelidagi omborxonada chiqqan yong‘in bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tdi

Shuningdek, portlashda 163 nafar fuqaro jabrlandi va hodisa oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir voqea joyida vaf…
19:57 / 03.05.2024
Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Quyida ular haqida batafsil ma’lumot beramiz.
14:34 / 02.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!