Bugun, 3-iyul kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalapog‘istondagi vaziyat yuzasidan bayonot bilan chiqdi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida e‘lon qilingan.
“O‘zbekiston Qozog‘istonning qardosh davlati, ishonchli ittifoqchisi va strategik hamkoridir. Shu bois Qozog‘istonda qo‘shni do‘st mamlakatdagi voqealar xavotir bilan qabul qilindi”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, Qozog‘iston rahbariyati O‘zbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
“Biz O‘zbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan qarorlarini olqishlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Eng muhim siyosiy voqea – Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum arafasida qardosh O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalik hukm surishiga ishonchimiz komil.
Qozog‘iston 1998-yil 31-oktabrdagi abadiy do‘stlik va 2013-yil 14-iyundagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalar, shuningdek, 2021-yil 6-dekabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya ruhida O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash yo‘nalishiga qat’iy amal qiladi”,– deyiladi vazirlik bayonotida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!