Rejada Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Bu haqda Fox News ma’lum qilmoqda.
Rejaga ko‘ra, dastlab o‘t ochish to‘xtatiladi, so‘ng Ukrainada saylovlar o‘tkaziladi, undan keyin esa tinchlik shartnomasi imzolanadi.
“AQSh va Rossiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvida Rossiya-Ukraina mojarosini Ukraina va Yevropa mamlakatlari ishtirokisiz, faqat Rossiya va AQSh kuchlari bilan hal qilish to‘g‘risida deyarli kelishuvga erishilgan. Bu shuni anglatadiki, AQSh Rossiya prezidenti (Vladimir) Putin tomonidan taklif qilingan formatni ma’qullagan. Muzokaralar oxir-oqibat Rossiya foydasiga bo‘ladi”, – deb yoziladi “Asaxi” gazetasida.
Ma’lumot uchun, Ar-Riyodda Rossiya va AQSh delegatsiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar 4,5 soat davom etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!