$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Samarqandda “1 million dasturchi” loyihasi g‘olibiga eski noutbuk sovg‘a qilindi (video)

10:14 / 17.01.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumani 41 umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sattarov Sardor “1 million dasturchi” loyihasining tuman va viloyat bosqichida birinchi o‘rinni olishiga qaramay unga 3-darajali diplom hamda ishlatilgan (eski) noutbuk sovg‘a qilinganligi to‘g‘risida videomurojaati tarqaldi.

Uning aytishicha, hatto kompyuter xotirasida avval foydalangan egasining ayrim ma’lumotlarigacha saqlanib qolgan.

Nurobod tumani hokimligi ushbu holat bo‘yicha munosabat bildirib, ayni vaqtda o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Hokimlik munosabatida aytilishicha, joriy yilning 6-yanvar kuni  Nurobod tumanidagi umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi asosida “IT-TANLOV”ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tgan.

Mazkur musobaqada 41-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi S.Sattarov faxrli birinchi o‘rinni olib, tuman hokimligining faxriy yorlig‘i hamda “realme C11” rusumli telefon apparati bilan taqdirlangan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Nurobod tumani hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 


Bu ham qiziq

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Qirol Charlz III buni yuqori darajadagi tashrif bo‘ladi deb hisoblamoqda
22:58 / 14.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024-yilning yakuni va 2025-yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganis…
14:18 / 15.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!