Samarqandda bayram kuni mashinasida manyovrlar bilan "drift"lar bajargan haydovchiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 31-dekabr kunidan 2023-yil 1-yanvar kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 larda Samarqand shahrining "Xo‘ja Ahror Valiy" ko‘chasida "Mercedes-Benz" rusumli, davlat raqam 01L700OA belgili avtomobil haydovchisi, 1987-yilda tug‘ilgan R.A. atrofdagi fuqarolar e’tiborini jalb etish maqsadida xavfli bo‘lishiga qaramasdan turli manyovrlar bilan "drift"lar bajargan.
“Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganligi yetmagandek, uni tartibga chaqirishga uringan xodimlarning ham qonuniy talablariga bo‘ysunmagan”– deyiladi xabarda.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar bugun, 3-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan o‘rganilib, fuqaro R.A.ning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-, 194-modda 1-qism va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!