$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 21°

Sarflangan elektr energiyasi to‘lovi belgilangan limit asosida amalga oshiriladi

16:13 / 05.10.2023

Joriy yilning 1-noyabridan e’tiboran elektr energiyasi uchun “ijtimoiy norma” joriy qilinadi. Unga ko‘ra, elektr energiyasini belgilangan limitdan ko‘p ishlatgan xaridorlar bir necha baravar ko‘proq haq to‘laydi. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov ma’lum qildi.

1-noyabrdan boshlab elektr energiyasining quvvati o‘rtacha oylik iste’mol miqdoridan oshib ketgan III guruh iste’molchilariga:

• 1 001 dan 5 000 kVt soatgacha iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar;

• 5 001 dan 10 000 kVt soatgacha iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar;

• 10 000 kVt soatdan yuqori iste’mol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Bu bo‘yicha o‘zgarishlar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-iyuldagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1-noyabrdan kuchga kiradi.

“Haqiqat uchun aytish joizki, haddan tashqari ko‘p elektr energiyasini iste’mol qiluvchilar uchun oshirilgan koeffitsiyentlar 2020-yildayoq kiritilgan, lekin amalda qo‘llanilmay kelgan. Avvalroq oyiga 10 ming kVt soatdan ortiq elektr ishlatayotgan oligarx, korsalon va cho‘ntaklarga 1,1 trln so‘m subsidiya berilgani haqida yozgan edik. Shu pullar pensiyaga, stipendiyaga, o‘qituvchilar oyligiga sarflanishi mumkin edi”, deydi iqtisodchi.

Uning qayd etishicha, va nihoyat to‘g‘ri qadam bosish boshlangan. Nihoyat hukumat elektr energiyasi tariflari borasida sevimli boylar tarafdan uzoqlashib ijtimoiy qatlamga qayisha boshlagan.


Bu ham qiziq

5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
08:22 / 05.06.2025
Kim Chen In Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llashda davom etishga va’da berdi

Kim Chen In Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llashda davom etishga va’da berdi

Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi saytida xabar berildi.
14:55 / 05.06.2025
Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:42 da qurshab olingan 10:2…
11:16 / 06.06.2025
Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Mask X platformasida prezident Donald Trampning nomi moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga doir hujjatlarda qayd etilgani sababli…
12:08 / 06.06.2025
Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobod tumanida 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshi…
18:27 / 04.06.2025
O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

Toshkentdan uzoq bo‘lmagan joyda, qadimiy Shahruxiya shahri hududida o‘zbek va turk arxeologlari Amir Temur davriga oid noyo…
18:14 / 04.06.2025
Mirziyoyev Koreya Respublikasi yangi prezidentini tabrikladi

Mirziyoyev Koreya Respublikasi yangi prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonni ushbu lavozimga saylang…
12:43 / 04.06.2025
Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanl…
09:11 / 05.06.2025
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2025-yil 6–8-iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ich…
12:11 / 04.06.2025
UzAuto Motors yangilangan UzAutoSavdo saytini ishga tushirdi

UzAuto Motors yangilangan UzAutoSavdo saytini ishga tushirdi

O‘zbekistonda UzAutoSavdo avtomobillarini sotish bo‘yicha yangilangan sayt ishga tushirildi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniy…
18:32 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!