$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
39° Kechasi 23°

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovga bag‘ishlangan xotira marosimida ishtirok etdi

16:09 / 02.09.2022

Bugun, 2-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Islom Karimov bundan o‘ttiz bir yil oldin mamlakatimizning milliy mustaqilligini dunyoga e’lon qilgan edi. Bu davlatchiligimizni va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘ldi. Shu bois, Birinchi Prezidentimizga hurmat o‘z tariximizga hurmat ifodasidir”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, xotira tadbirida Islom Karimovning xalqimiz manfaati yo‘lidagi xizmatlari yodga olinib, Qur’on tilovat qilingan.

Shuningdek, davlat rahbari ustozlarni qadrlash va hamisha yodga olish kerakligini, bu esa yosh avlodga o‘rnak bo‘lishini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham Birinchi Prezident haykaliga poyiga gul qo‘ydi.

Qayd etish mumkin, xuddi shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazildi.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi
18:45 / 04.07.2025
O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar…
11:10 / 03.07.2025
KJCh. “PSJ” “Bavariya”ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi

KJCh. “PSJ” “Bavariya”ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi

Parij jamoasi o'yinni 9 kishi bo'lib yakunladi
23:06 / 05.07.2025
“Samarqand qog‘ozi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“Samarqand qog‘ozi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

1000 yillik tarixga ega Samarqand qog‘ozi Adliya vazirligi tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi
18:43 / 05.07.2025
Chexiyada elektr ta’minotining katta uzilishi ro‘y berdi

Chexiyada elektr ta’minotining katta uzilishi ro‘y berdi

Mamlakatda jamoat transporti deyarli ishlamay qoldi
19:22 / 04.07.2025
Salah: ’’Jota endi biz bilan emasligini qabul qilish mushkul’’

Salah: ’’Jota endi biz bilan emasligini qabul qilish mushkul’’

Misrlik hujumchi sobiq jamoadoshi haqida fikr bildirdi
21:20 / 04.07.2025
Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
15:10 / 03.07.2025
Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi shahrida …
18:07 / 03.07.2025
Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:49 / 03.07.2025
Braziliya prezidenti: ‘‘BRIKS mamlakatlari rivojlanishning yangi yo‘lini boshlab berishi mumkin’’

Braziliya prezidenti: ‘‘BRIKS mamlakatlari rivojlanishning yangi yo‘lini boshlab berishi mumkin’’

Siyosatchi tashkilotga a'zo mamlakatlarni ham alohida ta'kidladi
20:50 / 05.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!