$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi Chimboy guzari mahallasida bo‘ldi (foto)

20:23 / 24.02.2022

Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni Nukus shahridagi Chimboy guzari mahallasida bo‘ldi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, odamlar bu yerga 2000-yillardan o‘rnasha boshlagan. Uylar rejasiz qurilgani sababli ko‘chalar tartibsiz bo‘lib qolgan, elektr energiyasi va ichimlik suvi yetishmagan. Hozirga kelib mahalla aholisi 14 mingdan oshgan. Bu yerda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalasi dolzarb bo‘lib borgan. Hudud yaqinda “Obod mahalla” dasturi doirasida obodonlashtirilgan. Ko‘chalar ta’mirlanib, piyodalar yo‘lakchasi qurilgan.

Transformator va ustunlar o‘rnatilib, elektr tarmoqlari tortilgan. Ariqlar tozalanib, daraxtlar ekilgan. Mahallada ish joyi va tibbiy xizmat yo‘q bo‘lgan. Shu bois yengil konstruksiyadan to‘qimachilik korxonasi tashkil etildi. U yerda 300 dan ortiq xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Davlat rahbari ular bilan suhbatlashdi.

“Mahalladagi o‘zgarishlarni, sizlarning ishli bo‘lganingizni ko‘rib, xursand bo‘ldim. Qo‘lida hunari bor ayolning kayfiyati yaxshi, oilasi ham barqaror bo‘ladi. Bunday ishlarni hali ko‘p qilishimiz kerak. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin biz bir oilamiz. Birlashib, hamma rejalarni amalga oshira olamiz”, – degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bu yerda mahalla markazi qurish, shahardagi boshqa og‘ir hududlarni ham obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Shu yerdagi tibbiy xizmat punkti ham ko‘zdan kechirilgan. Qoraqalpog‘istonda yangi klinikalar qurish, tibbiyot klasterlari tashkil etish rejalari muhokama qilingan.

Mahallaning Ko‘ktepa ko‘chasidagi 8 ta uy namunaviy xonadonga aylantirilgan. Hovlilar tartibga keltirilib, issiqxonalar qurilgan. Prezident ulardan biri – Gabit Jusupov xonadonida mehmon bo‘ldi.

“Kechadan beri Qoraqalpog‘istonning eng uzoq, eng og‘ir hududlariga boryapiz. Hozir menga aytishdi: Nukusda sharoiti yomon yana yettita mahalla bor ekan. Ularni ham obod qilish, yo‘lini, suvini, elektrini to‘g‘rilash bo‘yicha rejalarni belgiladik”, – degan davlat rahbari.


Bu ham qiziq

Moskva shahar hokimi: “Poytaxtga uchirilgan yana bir harbiy dron urib tushirildi”

Moskva shahar hokimi: “Poytaxtga uchirilgan yana bir harbiy dron urib tushirildi”

Sergey Sobyaninning aytishicha, havo mudofaa tizimi o‘z vaqtida bu hujumni bartaraf eta olgan
21:33 / 20.07.2025
Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

Aleksandr Usik mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

London shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
09:05 / 20.07.2025
Xitoy rasman dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyaning qurilishini boshladi

Xitoy rasman dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyaning qurilishini boshladi

Loyiha Tibet avtonom tumanida qurilmoqda
22:41 / 20.07.2025
Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Hozirda shahar politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining yuzlab xodimlari voqea joyida bo‘lib turibdi
21:33 / 19.07.2025
Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Qurbonlar soni kamida 36 ta ekanligi aytilmoqda.
17:22 / 20.07.2025
Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Toshkentda perekis vodorod sizib chiqishi aniqlandi

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:25 / 21.07.2025
Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Reyn-Rur-2025: 6 yillik tanaffusdan keyin delegatsiyamiz Universiada oʻyinlarining oltin medaliga ega chiqdi

Tahmina Ikromova bu orada o‘zining zafarli odimlarini davom ettirmoqda
20:36 / 19.07.2025
Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-mo…
17:57 / 20.07.2025
Ertaga qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 21-iyul uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
16:36 / 20.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!