Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Islandiyadagi “World Fischer Random Chess Championship 2022” musobaqasida ishtirokini davom ettirmoqda.
Sovrin jamgʻarmasi 400 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi bahslarda hamyurtimiz navbatdagi gʻalabalarni qoʻlga kiritdi.
3 va 4-turda u mezbonlar vakili, islandiyalik Xyorvar Steyn Gretarssonga qarshi dona surdi va har ikkala partiyada ham gʻalaba qozondi.
Qayd etish mumkin, bungacha Yan Nepomnyashiy va Uesli Soni magʻlub etgan Nodirbek oʻz hisobidagi ochkolar sonini 8 taga yetkazib oldi va guruh bosqichi yakunlanishiga 2 tur qolganda yarim final masalasini hal qildi.
Endi bugun Abdusattorov 5 va 6-tur oʻyinlarini oʻtkazadi. Nodirbek 5-turda Yan Nepomnyashiyga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazsa, 6-turda amerikalik Uesli So bilan oʻyin kutmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, ikkinchi guruhda Xikaru Nakamura 6 ochko bilan peshqadam boʻlib turibdi. Ikkinchi oʻrindagi Magnus Karlsenda ham shuncha ochko mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!