“Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisining topshirig‘i bilan Sirdaryo viloyatida noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borildi.
Viloyatning Mirzaobod tumani “Yangihayot” MFYda joylashgan “A.P.” MChJda gazdan foydalanish holati ko‘zdan kechirilganda korxonada o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasining ruxsat etilgan maksimal o‘lchash chegarasidan chetga chiqqan holda ikki dona nostandart yondirgichdan foydalanilayotgani aniqlandi. Holat bo‘yicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 1 milliard 558 million so‘mlik zarar hisoblandi.
Shuningdek, Guliston shahar “Bahor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro X.R. xonadonida hisoblagichdan tashqari gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 379 million 787 ming so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.