Saida Mirziyoyeva Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida ma’lum qildi.
"Madaniy-gumanitar hamkorlikni muhokama qilar ekanmiz, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan, A. Navoiy nomidagi teatrning Ostona va Olmaota shaharlariga ijodiy safarlari, Qozog‘iston Milliy muzeyi va Abilxon Kasteev nomidagi Qozog‘iston san’at muzeyida ko‘rgazmalar, shuningdek, Turkistonda yoshlar forumini tashkil etish yuzasidan fikr almashdik", - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!