$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 15°

Tailandda odam savdosi qurboniga aylangan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

09:54 / 08.07.2023

O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulligi xodimlari Tailandga ishga borib, odam savdosi qurboniga aylangan uch nafar vatandoshimizga yordam ko‘rsatdi.

Bosh konsullikka 19 yoshli yurtdoshimiz J.M. odam savdosi qurboniga aylangani va Tailand hududida yashash uchun turar-joy hamda mablag‘siz qolgani yuzasidan murojaat qilgan.

Fuqaroning arizasi asosida Tailand politsiyasi bilan hamkorlikda dastlabki surishtiruv ishlari o‘tkazilgan va 3 nafar gumondor aniqlanib, ulardan biri Tailand hududini tark etmoqchi bo‘lgan vaqtda Bangkokdagi Suvarnabxumi xalqaro aeroportida hibsga olindi. 2 nafar shaxsga nisbatan qidiruv-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, tergov davomida yana 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi odam savdosi qurboni sifatida majburiy mehnat bilan shug‘ullanishga majburlangani aniqlandi.

Hozirda Bosh konsulxona tomonidan barcha O‘zbekiston fuqarolariga homiy tashkilotlar bilan hamkorlikda vaqtincha turar-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va vatanga qaytishlari uchun aviachipta olishda yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vatandoshlarimizni Tailandga safar qilishdan oldin yolg‘on va’dalarga aldanib qolmaslikka, oson ish topishga oid takliflarga ishonmaslikka hamda ushbu mamlakatga kirish va unda bo‘lib turish chog‘ida mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.


Bu ham qiziq

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etilmoqda.
15:23 / 01.05.2024
“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, – Mirziyoyev

“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, – Mirziyoyev

Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.
11:30 / 02.05.2024
3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 3-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
22:49 / 02.05.2024
Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
11:41 / 01.05.2024
O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egallagan.
17:12 / 01.05.2024
Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024
Vashingtonda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, namoyish o‘tkazildi

Vashingtonda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, namoyish o‘tkazildi

Amerika poytaxti markazida Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘nlab namoyishchilar shaharning Markaziy ko‘chalari bo‘ylab …
09:49 / 02.05.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:02 / 02.05.2024
Fransiyadagi Olimpiada paytida chiqindichilar ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

Fransiyadagi Olimpiada paytida chiqindichilar ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

Ish tashlashlar 14-16-may, 22-24-may va 1-iyuldan 8-sentyabrgacha bo‘lib o‘tishi mumkin.
12:49 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!