Joriy yilning 10-12-fevral kunlari qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Qayd etilishicha unda nafaqat litsenziya uchun, balki Parij-2024 Olimpiadasi medallari uchun ham davogarlik qiluvchi jahon reytingining yetakchilari ishtirok etadi.
O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi xabariga ko‘ra, bugungi kunga qadar ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etish uchun 20 ga yaqin davlatdan arizalar kelib tushgan. Xitoy, Ispaniya, Yaponiya, Vengriya, Janubiy Koreya, Polsha, AQSh, Italiya, Ozarbayjon, Bolgariya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning eng kuchli vakillari yakka va jamoaviy bahslarda kuch sinashadi.
O‘zbekiston sharafini 18 nafar yosh va umidli sportchi himoya qiladi. Shuningdek, turnirda Tokio-2020 ishtirokchisi Zaynab Dayibekova va Paola Pliego kabi o‘zbekistonlik tajribali qilichbozlarning ham ishtiroki ko‘zda tutilgan.
Ayollar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichi Gimnastika saroyida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!