“Qo‘shma Shtatlarning Rossiyaga Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha ultimatumi muhlati 10 kundan so‘ng tugaydi, sanoq bugundan boshlandi”, – deya jurnalistlarga bayonot berdi AQSh prezidenti Donald Tramp. Oq uy brifing audiotranslyasiyasini o‘z YouTube-kanalida uzatdi.
“Bugundan boshlab o‘n kun. Biz bojlar kiritamiz. Mumkin bo‘lgan barcha choralarni qo‘llaymiz. Balki buning ta’siri bo‘lar, balki yo‘q”, — degan Tramp.
28-iyul kuni Donald Tramp o‘z bayonotida Ukrainadagi urushni jilovlash borasida hech qanday siljishni ko‘rmayotganini aytgandi. Shu bois u Rossiya uchun janglarni to‘xtatishga belgilangan 50 kunlik muddatni 10-12 kungacha qisqartirishga qaror qilganini aytgan edi.
Trampning ultimatumiga ko‘ra, bu vaqt ichida kelishuvga erishilmasa, AQSh Rossiyaga va u bilan hamkorlik qilayotgan mamlakatlarga 100 foizlik bojlarni qo‘llaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!