$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

UzAuto Motors’ni qo‘llayotganlarning aksariyati “inomarka”larda yurishadi – deputat

12:16 / 23.03.2022

O‘zbekistonda mart oyining avvalidan boshlangan yog‘ingarchiliklardan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors ishlab chiqargan avtomobillari saloniga suv kirib ketayotgani bilan bog‘liq turli shikoyatlar ko‘paydi.

Ana shunday videotasvirlarning birida isteʼmolchi o‘z avtomobilidan suv o‘tganini ko‘rsatib bunga zavob tomonidan ayrim detallarning qo‘yilmagani sabab bo‘layotganini aytadi. U o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia-3 avtomobilining pol qismiga shovqin va boshqa taʼsirlardan saqlovchi rezina moslamalar (“salniklar”) o‘rnatilmagani, shu bois salonga suv kirib ketayotganini aytadi.

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev holatga munosabat bildirar ekan, o‘zining bir paytlar avtokompaniyadan sifat talab qilganida populistga chiqarilgani haqida eslaydi.

 “Biz dushmanlik qilmoqchi emasmiz, biroq UzAuto Motors haqiqatan ham sifatsiz avtomobillar chiqarishi, unga baʼzi detallarni qo‘ymasligi fakt.

Bu yo‘l avtomobil narxini tushirish uchun, degan mantiqsiz qarash bor. Biz bu haqida ularni o‘ziga ham aytib, sifatni talab qilganimizda populistga chiqarilgandik”, – deydi u.

Deputat, shuningdek, monopol kompaniyaning davlat tomonidan “eʼzozlanishi”ga ham to‘xtalib o‘tadi.

“Davlat o‘z xalqi ustidan kulib, asli narxi 4 ming dollar deyilgan mashinani bir necha baravar yuqori narxga pullab haq oladigan mana shunday kompaniyani qo‘yniga olib, qo‘llab turibdi: xalq – isteʼmolchi nima bo‘lsa bo‘lsin, zavod “soqqa” qilsin!

Xatto xalqni huquqini himoya qilib, “O‘zavtoMotors”dan qonuniy ishlashni talab qilgan Antimonopoliya rahbari xalqni yonini olgani uchun ishdan olingan...

Qiziq tomoni zavodni qo‘llayotgan amaldorlarni aksariyati bunday sifatsiz avtomobillarni o‘zlariga ravo ko‘rmaydi, “inomarka”larda yurishadi: ikkiyuzlamachilar”, – deydi Kusherbayev.


Bu ham qiziq

Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Yaponiya elektronika ishlab chiqaruvchisining qarori moliyaviy yo‘qotishlar bilan bog‘liq.
13:17 / 17.05.2024
Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Birinchi nomzod baxtsiz hodisa tufayli falaj bo‘lib qolgan Nolan edi.
17:04 / 17.05.2024
Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024
AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

Hozirda Rafahdan ko‘p sonli odamlar kelishi tufayli mintaqadagi vaziyat og‘ir.
17:38 / 17.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
15:51 / 17.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!