$
12699.14 UZS
84.07
162.16 UZS
0.14
14847.83 UZS
93.24
36° Kechasi 24°

Xastalangan turmush tarzi

17:51 / 19.11.2023

Butun dunyo miqyosida inson omili birinchi o‘rinda turadi.Ammo biz bunga qanchalik e’tibor beryapmiz? Yildan –yilga yangi kasalliklar paydo bo‘lyapti.Chaqaloqlar nuqsonlar va yetishmovchiliklar bilan dunyoga kelyapti.Bevaqt o‘limlar soni ko‘paymoqda.Organizm o‘z-o‘zini tiklashga qiynalmoqda. Farmaseftika sanoati gullab –yashnamoqda,biroq natija sezilarli emas.Ayrim davosi qiyin xastaliklar uchun ishlab chiqarilgan darmonlar ,,otni kallasidek’' qimmat. Dard esa kambag‘al va boyga birdek keladi.Oq qon,saraton ,sil kasalliklari yosh bolalarda ham uchramoqda. Birgina saraton kasalligi misolida ko‘rsak, dunyo bo‘yicha har yili 15 million nafarga yaqin insonda saraton xastalik belgilari kuzatiladi va o‘lim darajasi 9 million nafardan oshadi. Bunga aholining o‘sishi bilan bir qatorda, atmosferaning konserogen moddalar bilan o‘tkir ifloslanishi, tabiiy bo‘lmagan oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining ko‘payishi, jismoniy faollikning kamayishi kabi omillarni sabab qilib keltirish mumkin. Kasalni davolagandan,oldini olgan yaxshi deyishadi.Tahlilni tibbiyot sohasi doirasida olib bormoqchimasman.YE’tiborni ko‘pgina rivojlangan davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan va bu borada mukammal dasturlar ishlab chiqilgan ,,Sog‘lom turmush tarzi’'ga qaratmoqchiman.
Global muammolardan biriga aylangan ,,Erta o‘lim” kalavaning oxiridir. Inson salomatligiga 11%ekologiyaning ifloslanishi,6%irsiyat,75%noto‘g‘ri ovqatlanish va nosog‘lom turmush tarzi salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.Tarixda eng uzoq umr ko‘rgan odam ingiliz Tomas Kari bo‘lib,cherkov kitoblarida uning Londonda tug‘ilgani va 207-yil yashagani qayd qilingan.Demak umr chegarasi odomlarda 7080-yillar bilan yakunlanmaydi. Balki 100,150 va hatto ikki asrni o‘z ichiga olishi mumkin.Shu o‘rinda o‘z –o‘zidan inson omili mehnat omiliga uzviy bog‘liq ekanligini unutmasligimiz darkor. Turmush tarzimizning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi ish faoliyatidagi samaradorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Misol uchun turli yo‘nalishdagi ish faoliyatlari mavjud.Uzu kun bitta kresloda o‘tirib kompyuterda ishlaydigan(ko‘proq aqliy mehnat) yoki uzluksiz harakatda jismoniy yumush bilan shug‘ullanadigan soha vakillari bisyor.Ularning kunida tushlik payti bor-ku deyishingiz mumkin ,lekin bu tuz va yog‘lar yig‘ilib qolgan bo‘g‘inlarga,qon quyuqlashishidan miyaga kislorodni yaxshi yetkazib berolmayotgan qon tomirlariga yordam bera olmaydi.O‘z-o‘zidan ishchida holsizlik,kuchli charchoq,stress,lohaslik va borib-borib o‘z ishiga ishtiyoqsizlikni uyg‘otishi mumkin.Odamlar organizmidagi immun tizimi toboro susayib bormoqda. Xo‘sh bunga nimalar sabab?Keling kundalik turmush tarzimizda zaruriy elementlar shakllanganmi yoki yo‘q ko‘rib chiqamiz.

1. Oqsillar hayotning qurulish elementidir.Agar organizmga oqsil ovqat bilan yetarli miqdorda yetkazib berilmasa yoki ichakda yaxshi o‘zlashtirilmasa to‘qimalar o‘z-o‘zini tiklay olmaydi.Shuningdek oqsil qonda kislorodni organizm bo‘ylab tashishga yordam beradi. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi Tibbiyot Instituti shunday xulosaga kelgan:,,Organizmga umumiy kaloriya kunlik ehtiyojini 15-35 % ini oqsil iste’molidan olishi zarur. Oqsil yetishmovchiligi muskullar kamayishi,immunitet pasayishiga,nafas va yurak tizimlarini faoliyatini susayishiga olib keladi’'.Xo‘sh bizning kundalik turmush tarzimizga esa ,,Fast food’'lar ,turli kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shilgan mahsulotlar kirib kelishni davom ettiryapti.Yosh bolalar ham aynan shunday notabiiy mahsulot va taomlar xo‘randasiga aylanishmoqda.Bu esa yuqorida keltirilgan kunlik oqsilni orgazimga bera olmaydi.Yana bir muhim fakt, jahon diyetologlarining aniqlashicha o‘zbek milliy taomlari dunyo bo‘yicha eng ko‘p kaloriyaga ega. Shu bois taomlarimiz juda mazali va shirin.Ammo qovurilgan va yog‘lilik jihatdan sog‘likka zararli tomonlari ham bor.

2.Biz bilgan oddiy suv nimalarga qodirligini bilsangiz edi!Biz faqat chanqaganimizdagina suv ichamiz.Shunda ham foydasidan zarari ko‘p bo‘lgan gazli va rangli ichimliklarni.Bu to‘g‘ri emas, chunki suv organizmda kechadigan barcha jarayonlarni, shuningdek hamma hujayra,to‘qima va a’zolarning asosini tashkil qiladi.Agar biz chanqashimizni kutsak,o‘zimiz bilmagan holda 0,5-1 litr suv yo‘qotamiz.Miya to‘qimasi 75% suvdan tashkil topganligi bizga ma’lum.Bejizga suvni hayot manbai demaymiz,biroq bilsakda bunga e’tiborsizmiz.Natijada suvsizlanish bizda holsizlanishni,charchoq,bosh og‘rig‘i va bosh aylanishini keltirib chiqaradi.O‘zimizning xalqimiz suygan palov misolida bir holatni tahlil qilsak.Ishchi yoki talaba tushlik uchun oshxonada kaloriyaga boy palovni iste’mol qildi va ish stoliga yoki talaba bo‘lsa o‘quv xonasiga kelib o‘tiradi.U passiv harakat rejimaga tushdi. Bu holatda hazm qilish qiyinlashadi.Ammo muntazam kunlik suv miqdorini ichib yurgan odamda bu muammo kuzatilmaydi.Chunki suvda moddalar almashinuvini yaxshilash xususiyati bor.Suv miqdori vaznga qarab belgilanadi .Uni tartibsiz ichish ham sog‘lom turmush tarziga zid.Masalan 67 kg vazn uchun 1 kunda 2,3 litr suv ichish zarur.
3.Jismoniy mashqlar.Mehnat faoliyatimizdagi kundalik harakatlar qancha ko‘p bo‘lmasin,maxsus jismoniy mashqlar o‘rnini bosa olmaydi. Qariganimizda
to‘shakka mixlanib qolmasligimizning asosiy sirlaridan biri ham shudir.Jismoniy mashqlarning har bir tana qismiga keltiradigan foydasi, shuningdek qon tomirlarimizda kislorod yurishini yaxshilashga xizmati beqiyos.Organizmdagi kaloriya va jismoniy faoliyat mutanosib bo‘lishi, eng muhim elementdir.
4.To‘gri yoxud noto‘g‘ri ovqatlanish.YErtalab ishga yoki ta’lim dargohiga shoshib ketayotgan inson keks,yog‘li non,buterbrodga o‘xshagan ozuqalarni yeydi.Afsuski eratalab choy nonushta qilmaydiganlar ham bisyor.Tushlikda ham me’yoriy ozuqa yemaslik kechqurunga kelib ayni hazm qilish susayadigan mahal, ko‘p tanavvulga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagi elementlar sog‘lom turmush tarzining ayrim elementlari xolos.O‘tkir kasalliklar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.Aynan shu kabi biz e’tiborga olmaydigan omillar tez qarish,vazn ortishi,qon bosimi ko‘tarilishi,bo‘g‘imlar og‘rig‘i,qandli diabet va insultga olib keladi.Ixtiyoriy va ixtiyorsiz kam harakatlilik,zararli yog‘larga to‘yingan mahsulotlar vazn ortishining birlamchi sabablaridir.Olimlarning ma’lum qilishicha har bir 0,5 kg ortiqcha vazn uchun taxminan 1,5 km qon tomirlari kerak bo‘ladi. Endi 5,10,20 kg ortiqcha vazn olishning yurakka zararini o‘ylab ko‘ringchi? Yurakni ko‘p ishlab ,kam ozuq olishi yurak xastaliklarini keltirib chiqaradi.

Dunyo mamlakatlarida bu muammolarga qanday chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan?Amerika sobiq prezidenti Barak Obamaning rafiqasi Mishel Obamaning shaxsan o‘zi yosh avloddagi ,,semizlik’'ni oldini olish say-harakatlarini
boshlab bergan edi. Bu mamlakatda har uch o‘smirdan biri vazn ortishi kasallikdan aziyat chekadi. Shu sababli maktab sport zallari ko‘paytirildi, kafeteriyalardagi ovqatlar tarkibini sabzavotlar bilan to‘yintirish yo‘lga qo‘yildi.Amerikaning diyetolog,endokrenolog va kardiolog olimlari foydali ,,Biologik faol qo‘shimcha’' larni kashf etishmoqda.Bu tabiiy mahsulotlar asta –sekinlik bilan amerikaliklar turmush tarziga kirib kelmoqda.
Dunyo ilg‘orlaridan biri bo‘lgan yaponiyaliklar esa bu borada qat’iy talablarga ham ega.Yaponiyada ishga kirmoqchi bo‘lgan har bitta inson ,,Biologik faol qo‘shimchalar” iste’mol qilishi zarur. Chunki ishga kirish anketasiga bu so‘rov kiritilgan.Sabab nimada?Organizm temir emas,uning uzluksiz sog‘lom bo‘lishi uchun yetarli oqsillar,vitamin va makro-mikro minerallar zarur.Biz kunlik yetarli oqsilga ega bo‘lish uchun bir likopcha laqma baliq,85 gr tovuq ,200 gr shvetsar pishlog‘i kabi talay mahsulotlarni yeyishimiz kerak.Albatta bu imkonsiz, bir kunda shuncha mahsulot cho‘ntakka zarar.Shuning uchun yaponlar yuqoridagi mahsulotlar kaloriyasi jamlangan biologik faol qo‘shimchalarni muntazam iste’mol qilishadi.

 


Lifestyle


														
														Shoshilinch hayotdan sokinlik sari: “Slow living” nima va nega hozir buning ayni payti?

Shoshilinch hayotdan sokinlik sari: “Slow living” nima va nega hozir buning ayni payti?

Sekin hayot (slow living) nima?“Slow living” — bu har bir kunni, har bir harakatni, har bir daqiqani ongli ravishda yashash …
12:18 / 26.05.2025

														
														Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekasi bo‘lish — bu oddiylikda mukammallik yaratish san’atidir. Uy bekalari — oilaning yuragi, muhitning me’mori.
15:19 / 30.04.2025

														
														“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida sobiq politsiya xodimi Xvan Chjun-Xoning onasi rolini ijro etgan aktrisa Li J…
09:46 / 04.02.2025

														
														Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Balansli nonushta qilish yaxshiroq umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lib, tanangizni ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni ye…
13:32 / 25.01.2025

														
														Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Flagman nafaqat innovatsion kamera, balki odatiy standartlarni o‘zgartiruvchi noyob orqa panel dizaynini ham oladi.
11:13 / 25.01.2025

														
														Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Sankt-Peterburgdagi Luxury World Spa kompaniyasi “Kriptosauna” loyihasini taqdim etdi. Yangi mahsulot ASIC (kriptovalyuta qa…
10:35 / 25.01.2025

														
														Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ushbu tadqiqot amalga oshirilgandan so‘ng o‘quvchilarning ko‘rsatkichlari oshgan.
15:29 / 18.01.2025

														
														2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

Krossovkalar hech qachon modadan qolmaydigan, qulay oyoq kiyim hisoblanadi. Faqatgina har yili ularning qaysidir turi, ayniq…
13:02 / 16.01.2025

														
														Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – bu Koreya madaniyatida bolalar va kattalar orasida mashhur bo‘lgan o‘yin bo‘lib, oddiy, ammo qiziqarli! O‘yin uchun…
16:09 / 15.01.2025

														
														2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yil kino sanoati uchun juda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Ko‘plab kutilgan premyeralar va kutilmagan xitlar tomoshabinlarn…
15:40 / 15.01.2025

Bu ham qiziq

Belarus prezidenti Emmanuel Makronga tabrik yo‘lladi

Belarus prezidenti Emmanuel Makronga tabrik yo‘lladi

U maktubida fransuz xalqiga tinchlik va osoyishtalik tiladi
20:06 / 14.07.2025
HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Test sinovlari boshlandi

Test sinovlari boshlandi

O‘zbekistonda OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlariga bugundan start berildi.
09:48 / 14.07.2025
Baxtiyor Saidov xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baxtiyor Saidov xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda bir qator loyihalar muhokama qilindi
20:39 / 14.07.2025
O‘zbekistonda texnik ko‘rikdan o‘tgan liftlar “yashil”, “moviy”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

O‘zbekistonda texnik ko‘rikdan o‘tgan liftlar “yashil”, “moviy”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi

Foydalanish uchun xavfli (qizil rangli) ma’lumot yorlig‘i berilgan liftdan foydalanish taqiqlanadi.
12:54 / 14.07.2025
Eron prezidenti Isroil hujumlari natijasida yaralangan

Eron prezidenti Isroil hujumlari natijasida yaralangan

Bu haqda ishonchli fors manbalari xabar bermoqda
21:30 / 13.07.2025
Donald Tramp Patriot komplekslarini Ukrainaga yetkazib berishga va'da berdi

Donald Tramp Patriot komplekslarini Ukrainaga yetkazib berishga va'da berdi

Mazkur sarf-xarajatlar NATO hisobidan amalga oshiriladi
19:53 / 14.07.2025
O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
15:06 / 13.07.2025
Prezident qarori asosida Ekspert kengashi tashkil etiladi

Prezident qarori asosida Ekspert kengashi tashkil etiladi

Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizo…
10:51 / 14.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!