2025-yil yanvar oyida O‘zbekiston 27,8 million dollarlik tabiiy gaz import qildi, bu 2024-yilning shu oyidagi ko‘rsatkichdan 5,4 baravar ko‘p.
Bundan tashqari, yilning birinchi oyida neft va neft mahsulotlari importi 144,1 million dollarga yetdi, bu o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 44,3 foizga oshdi.
Shu bilan birga, tabiiy gaz eksporti 21,8 million dollarni tashkil etdi, bu 2024-yil yanvar oyidagi ko‘rsatkichdan 9 foizga yuqori.
Neft va neft mahsulotlari eksporti hajmi 48,2 foizga o‘sib, 30,2 million dollarga yetdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!