$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 15°

“Yo‘l ta’miri faqat tungi vaqtlarda amalga oshirilishi kerak” – Alisher Qodirov

16:05 / 19.05.2022

Bugun, 19-may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini muhokama qildi. Bu haqida partiya matbuot xizmati xabar qildi. 

Ushbu qonun loyihasi bilan Milliy gvardiyaga jamoat tartibiga tajovuz qilingan huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish va ma’muriy bayonnomalarni rasmiylashtirish vakolati berilmoqda.

Shuningdek, deputatlar “Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ham muhokama qilgan. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda yo‘llarning holati o‘sib borayotgan transport vositalarining tirbandliklarsiz harakatlanishini ta’minlashga javob bermaydi. Bu borada jamoatchilik ishtirokini belgilovchi normalar mavjud emas. Bunday kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish zarurati tug‘ilmoqda.

Xususan, yig‘ilish davomida fraksiya rahbari Alisher Qodirov yo‘l ta’mirlash ishlarini faqat tungi vaqtlarda amalga oshirish kerakligini, chunki ish vaqtidagi bunday harakat katta tirbandlikni keltirib chiqarayotganini ta’kidlagan.

“Bugun bu jarayonni qonunchilik bilan tartibga solish, ya’ni yo‘l ta’mirini faqat tungi vaqtlarda amalga oshirish vaqtini qonun bilan aniq belgilash kerak. Bu dunyo tajribasida bor”, – deydi Alisher Qodirov. 

Tashabbuskorlar bu to‘g‘ri talab ekanini aytib, bu masala bilan shug‘ullanishga va’da bergan.


Bu ham qiziq

2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

2024-yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari va xizmatlari eksport qilingan?

Umumiy eksportdagi ulushi qariyb 72 foizni tashkil etmoqda.
14:46 / 02.05.2024
Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Vazn tashlash uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish muhim

Bu masalaning muammoligi shundaki, ortiqcha vazn ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
10:57 / 03.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
16:12 / 03.05.2024
Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini…
20:14 / 02.05.2024
Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Video muallifi Oleg Artemyev bo‘lib chiqdi.
15:49 / 03.05.2024
O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi.
15:28 / 03.05.2024
Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Oyog‘izngiz muntazam og‘riyotgan bo‘lsa, kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin

Quyida ular haqida batafsil ma’lumot beramiz.
14:34 / 02.05.2024
Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Bayden noroziliklar uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi

Shu bilan birga, norozilik namoyishlari uning yaqin Sharq mintaqasiga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga olib keldimi, degan…
09:28 / 03.05.2024
Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!