$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

YPX inspektori qonunbuzar haydovchi mashinasi oynalarini sindirdi

20:16 / 02.11.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektorlari "Nexia-2" rusumli transport vositasini to‘xtatishga urinayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Toshkent IIBB mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Joriy yilning 1-noyabr kuni taxminan soat 17.00 larda 2004 yilda tug‘ilgan Akbar X. "Nexia-2" rusumli davlat raqam belgisi 01N961CB bo‘lgan avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan holda boshqarayotgan vaqtida yo‘lda uch marotaba YPX inspektorlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan.

To‘rtinchi marotaba Yunusobod tumani Amir Temur va Shaxrisabz ko‘chalari kesishgan chorrahasida YPX inspektori M.Turdiyev tomonidan jezl va xushtak yordamida to‘xtash ishorasi berilganda, haydovchi katta tezlikda harakatni davom ettirgan. Bir nechta xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirayotgan ushbu avtomobil harakatini cheklash maqsadida boshqa transport vositalari to‘xtatilgan. So‘ng Amir Temur – Alisher Navoiy – Shaxrisabz ko‘chalari kesishgan chorraxada YPX inspektori D.Ganiyev tomonidan transport vositasi to‘xtatib qolingan. Haydovchi o‘zini shubhali tutganligi, xodimlarning eshikni ochish va transport vositasidan tushish haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, transport vositasini ichkaridan qulflab olganligi sababli, transport vositasining oynasini sindirish orqali haydovchining eshigi ochilgan va haydovchining transport vositasini boshqarish imkoniyati cheklangan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchi Akbar X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.


Bu ham qiziq

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Qirol Charlz III buni yuqori darajadagi tashrif bo‘ladi deb hisoblamoqda
22:58 / 14.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
“O‘rikzor” yopilmaydi: rasmiy izoh e’lon qilindi

“O‘rikzor” yopilmaydi: rasmiy izoh e’lon qilindi

Bozor tugatilishi, buzilishi, rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
11:37 / 15.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!