$
12653.48 UZS
-109.05
159.75 UZS
-2.91
14871.64 UZS
-106.47
38° Kechasi 25°

Kun tarixi: 97 yil avval SSSR tashkil topgan. Uning qanday yutuq va kamchiliklari bor edi?

12:00 / 30.12.2019

Sovet Sotsialistik Respubliklari Ittifoqi (SSSR) – o‘z vaqtida dunyoning hududi bo‘yicha eng yirik, iqtisodiy va harbiy qudrati bo‘yicha ikkinchi, aholi soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan mamlakati bo‘lgan. U Yevropa sharqini va Osiyo shimolining uchdan bir qismini egallardi.

SSSR 1922-yilning 30-dekabrida tashkil topgan. Bu Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR)ning Ukraina hamda Belorussiya Sovet Sotsialistik Respubliklari hamda Kavkazaorti Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi bilan birlashgan kunidir. Yuqoridagi Respublikalar 1917-yilgi Oktabr inqilobi hamda Rossiya imperiyasining qulashi oqibatida yuzaga kelgandi.

Boshida SSSR tarkibiga faqatgina shu to‘rtta ittifoqdosh davlatlar kirgan bo‘lsa, keyingi yillarda yana boshqa respubliklalar tashkil etilgan va SSSR tarkibiga kiritilgan. 
1956-yildan 1991-yilgacha SSSR tarkibiga 15 ta ittifoqdosh respublika kirgan: Rossiya SFSR, Ukraina SSR, Belarus SSR, O‘zbekiston SSR, Qozog‘iston SSR, Gruziya SSR, Ozarbayjon SSR, Litva SSR, Moldova SSR, Latviya SSR, Qirg‘iziston SSR, Tojikistion SSR, Armaniston SSR, Turkmaniston SSR, Estoniya SSR.

Kuchli iqtisodiy potensialga ega, tabiiy qazilma boyliklari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turuvchi, boy madaniy an’analarga ega xalqlarni birlashtirgan yirik va qudratli SSSR o‘z mavjudligining turli davrlarida yutuqlarga ham erishdi, yo‘qotishlarga ham uchradi.
Kimdir SSSRni iliq xotiralar bilan eslasa, kimdir uni yomon ko‘radi. Quyida esa uning yutuq va kamchiliklari bilan tanishib chiqamiz.

Armiya. SSSR dunyodagi eng qudratli ikki mamalakatdan biri edi. Jahon urushlari va AQSh bilan “sovuq urush” armiyani tinimsiz takomillashtirishga majbur qilardi. U 63,9 mingta tank soni bilan hammadan oldinda turardi. Yadro raketasi himoyasi uchun quruqlikda 1200 ta ballistik raketa va dengizda 62 ta atom bombasi bor edi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, qurolli kuchlarining soni 3,7 million kishiga yetardi. 

Bandlik. 1929-yilda SSSRda ishsizlik yo‘q edi. Bu esa G‘arbdagi Buyuk Depressiya fonida jozibali ko‘rinardi.

Tenglik. “Quyi” va “yuqori” qatlamning farovonlik darajasi farq qilardi, ammo bir necha o‘n barobarga emas, o‘rta sovet qatlami aholining katta qismini tashkil qilgan. Ma’lumotli ishchi o‘zi mehnat qilayotgan zavod direktoridan ham ko‘proq pul ishlab topishi mumkin edi.
 
Fan. SSSR qudratli ilm-fanga ega edi. Dunyodagi olimlar va muhandislarnng taxminan yarmi SSSRda mehnat qilardi. SSSR birinchi bo‘lib Yerdan fazoga odamni chiqardi va ikkinchi bo‘lib atom bombasini sinovdan o‘tkazdi.

Dam olish. Sovet odamlarining dam olish huquqi ko‘zbo‘yamachilik emasdi. 1988-yilda 16 200 ta sanatoriy va dam olish uylarida ishchilar, fuqarolar yashash va davolanishi uchun qisman pul to‘lardi.
 
Tibbiyot. Umumiy va bepul tibbiyot SSSRda 80-yillarning o‘rtalariga kelib rivojlanishning yuqori cho‘qqisiga erishdi. 10 ming aholiga 100 ta shifokor to‘g‘ri kelar, majburiy dispanserizatsiya joriy qilingandi.
 
Pasayish. Hamma maqtagan ta’lim va tibbiy xizmat XX asr oxirlariga kelib, jahon darajasidan juda orqada qolib ketdi. Mudofaa bo‘yicha liderlikka intilish aholi uchun sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda inqirozga olib keldi: keng ommaga sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarilardi.

To‘xtab qolish. SSSR totalitar mamlakat edi, hukumatning almashmasligi ijtimoiy hayotning qotib qolishiga olib keldi. Stalin 31 yil, Brejnev – 18 yil, Xrushyov – 11 yil boshqargan. SSSRda saylovlar shunchaki rasmiyatchilik edi.

Qamoqxonalar. Faqatgina 1921-yildan 1940-yilgacha taxminan 3 million odam turli muddatga qamalgan. Bir qanchasi o‘limga hukm etilgan.

1930-1931-yillarda 380 mingdan ko‘proq dehqon oilalari quloq qilingan va badarg‘a qilingan. SSSRning tashkil topish vaqtida aholining butun bir guruhlari: tadbirkorlar, rohiblar va boshqalar repressiya qilingan. GULAG sovet tuzumining ramziga aylanib qoldi.
 
Chegara. SSSR fuqarolari mamalakatiga bog‘lanib qolgan. Chet elga chiqish juda qiyin edi. Ko‘pchilik uchun orzuning chegarasi Bolgariyaga borish bo‘lgan.

Defitsit. Sovet xalqi o‘z tarixi davomida hech qachon farovonlikda yashamagan, garchi shunday yashayotganday ko‘rsatishga harakat qilingan bo‘lsa-da. Nisbatan farovonlik bo‘lgan 70-yillarda yo hojatxona qog‘ozi, yo kolgotkalar defitsit bo‘lar, kolbasa haqida gapirmasa ham bo‘lardi.
 
Senzura. SSSRda senzura hayotning hamma sohasini, jumladan, OAV, adabiyot, musiqa, kinematografiya, teatr, balet va hatto modani ham qamrab olardi. Yirik yozuvchi va shoirlar – Soljenitsin, Dovlatov, Brodskiy kabilar vatanini tark etishga majbur bo‘lgan. Boshqa respubliklarning ham minglab shoir va yozuvchilari qatag‘onga uchragan.

Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Samarqand shahrining yoshi 3000-yil deb qayta baholanadi

Samarqand shahrining yoshi 3000-yil deb qayta baholanadi

Bu borada arxeologlar qo‘shma qarorda shunday xulosaga kelgan
22:35 / 25.07.2025
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni yanada oshiriladi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni yanada oshiriladi

Bu borada ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasida memorandumlar imzolandi
18:18 / 24.07.2025
Prezident xavfsizlik kengashida o‘zgarishlar ro‘y berdi

Prezident xavfsizlik kengashida o‘zgarishlar ro‘y berdi

Tal’at Valiyev va Bahodir Mahmudovlar lavozimidan ozod etildi
22:01 / 25.07.2025
Tadbirkorning o‘g‘li ekanini aytgan Vallomov 6,5 yilga qamaldi

Tadbirkorning o‘g‘li ekanini aytgan Vallomov 6,5 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025-yil 14-iyuldagi ajrimi bil…
17:11 / 25.07.2025
Sog‘liqni saqlash vaziri: “Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik!”

Sog‘liqni saqlash vaziri: “Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik!”

Sog‘liqni saqlash vaziri fuqarolar va soha xodimlariga murojaat bilan chiqdi.
14:52 / 25.07.2025
Bahodir Jalolovning jangi bekor qilindi

Bahodir Jalolovning jangi bekor qilindi

Bahodir Jalolov professional faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazib, birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
17:03 / 24.07.2025
Makron: “Fransiya Falastinni tan oladi”

Makron: “Fransiya Falastinni tan oladi”

BBCning yozishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sentyabr oyida Falastin davlatini rasman tan olishini ma’lum qilgan.
10:58 / 25.07.2025
Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda ham sezildi

Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda ham sezildi

Zilzilaning chuqurligi 15 km bo‘lib, epitsentri Toshkent shahridan 284 km janubi-sharqda joylashgan.
09:26 / 25.07.2025
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Mazkur jarayon 15 kun davom etadi
19:51 / 25.07.2025
Xorvatiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshimiz yurtimizga qaytarildi

Xorvatiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshimiz yurtimizga qaytarildi

Hamyurtimiz u yerga mavsumiy ishchi sifatida borib, og‘ir kasallik orttirib olgan edi
18:58 / 25.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!