$
12131.55 UZS
22.53
153.54 UZS
3.23
14124.76 UZS
-14.94
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni yanada oshiriladi

18:18 / 24.07.2025

Tadbir davomida ikki davlat Transport vazirliklari delegatsiyalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralar chog‘ida bugungi kunda amaldagi aviaqatnovlar sonini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish va tomonlarning aviakompaniyalariga tegishli huquqlarni berish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra quyidagi kelishuvlarga erishildi:

Xususan, har bir mamlakat tayinlangan aviakompaniyalari tomonidan haftasiga

- Toshkent – Moskva yo‘nalishida 50 tadan (jami 100 ta);

- Samarqand – Moskva yo‘nalishida 23 tadan (jami 46 ta);

- Buxoro – Moskva, Urganch – Moskva, Farg‘ona – Moskva, Namangan –Moskva yo‘nalishlarida 14 tadan (jami 112 ta);

- Toshkent – Sankt-Peterburg, Toshkent – Krasnoyarsk, Toshkent – Sochi  yo‘nalishlarida 14 tadan (jami 42 ta);

- Termiz – Moskva yo‘nalishida 10 tadan (jami 20 ta);

- boshqa barcha shaharlar yo‘nalishlarida 7 tadan, ya’ni Rossiya aviatashuvchilari uchun ularning 80 ta xalqaro aeroportidan O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga jami 560 ta, O‘zbekiston aviatashuvchilari uchun O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlaridan yuqorida qayd etilganidan tashqari Rossiyaning eng yirik 29 ta xalqaro aeroportlariga jami 203 ta aviaqatnovni amalga oshirish huquqini berish;

- shuningdek, aviaqatnovlarni amalga oshirish chog‘ida 3 ta parvoz manzilini o‘zida birlashtiruvchi “uchburchak” shakldagi qatnovlarni amalga oshirish doirasida aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlarni bekor qilib, har bir kompaniyaga 5 tagacha shaharni tanlash huquqini berish.

Mazkur kelishuv doirasida har ikki mamlakat aviakompaniyalari barcha parvoz shaharlaridan samarali foydalangan holda haftasiga 1000 dan ortiq qatnovni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi, ayni vaqtda ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga jami 310 dan ortiq muntazam aviaqatnov bajarilmoqda.


Bu ham qiziq

12-yanvar kuni qanday ob-havo kutilyapti?

12-yanvar kuni qanday ob-havo kutilyapti?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi.
16:51 / 11.01.2026
Tramp Grenlandiyani nima uchun egallamoqchi?

Tramp Grenlandiyani nima uchun egallamoqchi?

Olimlarning fikricha, Grenlandiyada neft va gaz zaxiralari ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
16:56 / 11.01.2026
Toshkent viloyatida korxona 1 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi

Toshkent viloyatida korxona 1 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 5 million so‘mlik …
16:17 / 11.01.2026
Eron AQSh va Isroilni ogohlantirdi

Eron AQSh va Isroilni ogohlantirdi

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf AQSh Eronga hujum qilgan taqdirda, AQSh va Isroilning mintaqadagi harbiy ba…
17:25 / 11.01.2026
Erondagi namoyishlar ortidan shahar prokurori halok bo‘ldi

Erondagi namoyishlar ortidan shahar prokurori halok bo‘ldi

8-yanvar kuni Eronda 1979-yilda ag‘darilgan Eron shohining avlodi Reza Pahlaviyning chaqirig‘idan keyin norozilik namoyishla…
17:36 / 09.01.2026
“Prava” uchun qaytadan imtihon topshirish haqidagi xabarlar rad etildi

“Prava” uchun qaytadan imtihon topshirish haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yilga qadar milliy haydovchilik guvohnomasini olgan fuqarolar yangi imtihon markazlarida grafik as…
16:20 / 10.01.2026
Ukraina-Rossiya urushi boshlanganidan buyon 19 nafar rus generali halok bo‘lgan

Ukraina-Rossiya urushi boshlanganidan buyon 19 nafar rus generali halok bo‘lgan

Rossiya 2022-yilda generallar Andrey Suxovetskiy, Oleg Mityaayev, Vladimir Frolov, Andrey Simonov, Kanamat Botashev va Roman…
17:30 / 10.01.2026
Farg‘onada O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma ekspeditsiyasi qadimiy shahar qoldiqlarini topdi

Farg‘onada O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma ekspeditsiyasi qadimiy shahar qoldiqlarini topdi

Farg‘ona vodiysida O‘zbekiston va Xitoy arxeologlari Kuva shahristoniga tegishli qadimiy mudofaa devorlarining parchalarini …
14:52 / 11.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik aloqalarni qayta tiklashni muhokama qilmoqda

Venesuela va AQSh diplomatik aloqalarni qayta tiklashni muhokama qilmoqda

Bu haqda Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges ma’lum qildi.
08:49 / 11.01.2026
Toshkentda nohaq qamalgan tadbirkorga 300 mln so‘m ma’naviy zarar to‘lab beriladi

Toshkentda nohaq qamalgan tadbirkorga 300 mln so‘m ma’naviy zarar to‘lab beriladi

Toshkentda uzoq muddatga nohaq qamalib, so‘ng oqlangan fuqaro 1 milliard so‘m ma’naviy zarar talab qildi. Bu haqda Oliy sud …
09:30 / 11.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!