$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 20°

Aforizmlar ustasi Oskar Uaylddan 25 naql

10:01 / 04.05.2015

Insonlar o‘z nutqida ba'zi klassik ijodkorlar so‘zlaridan juda ko‘p  iqtibos keltirishadi. Shunday ijodkorlar sirasiga Oskar Uayld ham kiradi. Estet, epataj yozuvchi, mohir hikoyanavis va aforizmlar ustasi bo‘lgan bu ijodkor o‘quvchilari va hamsuhbatlari fikrini o‘ta qisqa va tugal shaklda yetkaza olish qobiliyati bilan hamisha hayratga solib kelgan. Bundan tashqari uning tili o‘ta keskir bo‘lgan.

Oskar Uayldning bir qancha fikrlari XXI asr insonini gavdalantiradi.

1. Hayotdagi barcha ajoyib narsalar ahloqqa va yoki qonunga xilof yo bo‘lmasa semirishga olib keladi.

2. O‘zimizniki kabi kamchilikka ega bo‘lgan kishilarga hech toqatimiz yo‘q.

3. Ortimdan nima deb gapirayotganlari menga aslo qiziq emas. Shusiz ham men o‘zim haqimda yetarlicha yuqori fikrdaman.

4. Menga e'tiborsiz bo‘lgan kishilarga hamisha do‘stona munosabatda bo‘laman. 

5. Hayotda faqatgina ikkita haqiqiy fojyea mavjud. Biri – istagan narsaningizni ololmaganda, ikkinchisi bo‘lsa olganda sodir bo‘ladi.

6. O‘zingdek bo‘l. Boshqa rollar allaqachon band qilingan. 

7. Siz haqingizda shunday ko‘p bo‘htonlar eshitganimdan, sizning ajoyib inson ekanligingizga shubham qolmadi.

8. Mening ta'bim oddiy, ammo eng yaxshisini tanlay olaman.

9. Hech qachon sizga xuddi oddiy insonga qaraganday muomala qiladigan kishini yaxshi ko‘rmang.

10. Dushmanlaringizni kechiring bu – ularning o‘zini-o‘zi harob qilishining eng yaxshi yo‘li.

11. Sevgi o‘zini aldash bilan boshlanib, birovni aldash bilan yakunlanadigan tuyg‘udir.

12. Inson baxtli bo‘lganida hamisha yaxshi. Ammo yaxshi insonlar doim ham baxtli bo‘lavermaydi.

13. Sevgi haqida yozish foyda keltiradi, chunki unga talab katta.

14. Seni tushinadigan ayolni uchratish juda qo‘rqinchli. Buning oxiri odatda nikoh bilan tugaydi.

15. Agar nimadir qilinishi kerak bo‘lsa, u iloji bo‘lmagan ish bo‘lishi lozim.

16. Bir dono fransuz aytganidek, ayollar bizni buyuk ishlar qilishga ilhomlantirishadi-yu, ularni amalga oshirishga doim halaqit berishadi.

17. Tasavvur insonga yo‘q narsalarni hayolan o‘ylab o‘zini tinchlantirish uchun berilgan bo‘lsa, mutoyiba bor narsalarni eslab tinchlanish uchun taqdim qilingan.

18. Egoizm insonning o‘zi istagandek yashashida emas, balki o‘zgalarni o‘z prinsiplari asosida yashashga majbur qilishda.

19. Insonning ko‘ziga qarab bor haqiqatni aytish nafaqat qarz, balki bu kishiga zavq ham beradi.

20. Mantiqni yoqtirmayman, u juda oddiy va kamdan-kam hollarda hayratlanarli.

21. Ish — undan ko‘ra boshqa narsani eplolmaydiganlar uchun so‘nggi panoh.

22. Doim meni to‘g‘ri tushunib qolishlari mumkin, degan qo‘rquv bilan yashayman. 

23. Amerikada, Qoyali tog‘larda badiiy tanqidchilikning yagona aqlli usulining guvohi bo‘ldim. Bardagi pianino ustida yozuvli taxtacha osilib turardi: “Pianinochini otmang – u qo‘lidan keladigan hamma ishni qilyapti”.

24. Bolalarni barkamol qilishning yagona yo‘li bu – ularni  baxtli qilishdir.

25. Sen hech qachon shamol yo‘nalishini o‘zgartira olmaysan, ammo doim o‘z maqsadingga erishish uchun yelkanlarni ko‘tarish imkoniyati mavjud.


Bu ham qiziq

Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Uchrashuv BAAda Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
10:39 / 05.06.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 9–11-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:46 / 07.06.2025
Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanl…
09:11 / 05.06.2025
Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025
Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshi…
21:14 / 07.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan …
17:35 / 05.06.2025
Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025
Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zapo…
17:38 / 06.06.2025
7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
20:15 / 06.06.2025
La Ligada mavsum futbolchisi deya Rafinya e’tirof etildi

La Ligada mavsum futbolchisi deya Rafinya e’tirof etildi

La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum qilindi.
20:04 / 06.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!