$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Oʻzbekistonning MICE-turizm salohiyatini oshirish va loyihalarni amalga oshirishdan tushadigan daromadlarni koʻpaytirishga e’tibor qaratildi

16:22 / 11.08.2019

10-avgust kuni Toshkent shahrida UNWTO va ICCA vakillari ishtirokida biznes uchrashuvlar sanoati (MICE-turizm) boʻyicha mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Tadbir “Gastro Bazaar -2019” xalqaro gastronomik festivali doirasida tashkil etildi.

Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi mahorat darsi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashabbusi bilan oʻtkazildi. Treningdan maqsad – mamlakatimizda oʻtkazilayotgan xalqaro biznes tadbirlar darajasini oshirish boʻyicha dunyoning yetakchi mutaxassislari tajribasini oʻrganish, Oʻzbekistonning MICE-turizm salohiyatini oshirish va loyihalarni amalga oshirishdan tushadigan daromadlarni koʻpaytirish.

Mehmonxona xizmatini koʻrsatuvchi xoʻjalik sub’yektlari hamda turoperatorlardan iborat tadbir ishtirokchilari oʻz yoʻnalishida ICCA va  UNWTO akademiyasi vakillari tomonidan xalqaro darajali tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha bepul taʼlim hamda zarur bilimlarni olish imkoniga ega boʻlishdi.

Mahorat darslari UNWTO Affillik dasturining doimiy vakili Dmitriy Ilin (Ispaniya), ICCA Yevropa mintaqaviy direktori Elif Balchi Fisinoglu (Turkiya) tomonidan oʻtildi. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Ipak yoʻli” ofisi rahbari Mirtolib Mirzohidov tadbirga moderatorlik qildi.

UNWTO doimiy vakili Dmitriy Ilinning soʻzlariga koʻra, uchrashuvlar sanoati turizmning eng muhim segmentlaridan biri hisoblanadi, zero u iqtisodiyotga juda katta foyda keltiradi – mavsumiylik tushunchasini kamaytiradi, turistik yoʻnalishlarning yangilanishiga turtki beradi va umuman, innovatsiyalar va ijodiy yondashuvga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

“Biz UNWTOʻda ushbu mahorat darsi Oʻzbekistonda uchrashuvlar sanoatini rivojlantirish yoʻlidagi juda muhim hodisa deb hisoblaymiz. Chunki bu turizmning mazkur turi boʻyicha kadrlar malakasini oshirishdagi birinchi qadamdir”, - deya taʼkidladi u.

ICCA Yevropa mintaqaviy direktori Elif Balchi bu kabi tadbirlarning ahamiyatiga toʻxtaldi. 

“Bizning asosiy maqsadimiz - biznes uchrashuvlarni tashkil qilish boʻyicha davlat turistik tashkilotlari bilan tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishdir. Oʻzbekiston uchun bu birinchi tajriba, bunday mahorat darslari mamlakat turistik biznesini yangi darajaga olib chiqadi”, - dedi Elif Balchi. 

Trening davomida ishtirokchilar MICE-turizm tushunchasi va uning asosiy tamoyillari, zamonaviy tendensiyalar hamda bu yoʻnalishdagi iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan tanishishdi, shuningdek oʻzlarini qiziqtirgan savollarga xalqaro ekspertlardan tegishli javoblar olishdi.

Turkiya gastronomik turizm uyushmasi boshqaruv raisi Goʻrkan Boʻztepe tadbir doirasida MICE-turizmni rivojlantirishda gastronomik turizmning ahamiyatiga doir intervyu berdi:

“Bugun Gastronomik turizm festivali doirasida MICE-turizm mahorat darsi oʻtkazilmoqda. Taʼkidlash joizki, MICE-turizmni rivojlantirishda gastronomik turizm ham juda muhim. Nima uchun deysizmi? Chunki MICE-turizm maqsadida kelayotgan odamlar, asosan, yuksak didli va serdaromad odamlardir hamda ular oʻzlari xohlagan taomlardan tatib koʻrish uchun hamma narsaga tayyor. Bunday kishilar kelgan joyida ovqat yeyishi tabiiy va qayd etish lozimki, ularning baʼzilari hatto oilalari bilan ham kelishadi. Ular uchun milliy madaniyat va anʼanalarga mos muhitda ovqatlanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan MICE-turizm va gastronomik turizm bir-biriga bogʻliqdir. Shunday ekan, bu kabi festivallarni oʻtkazish juda muhim”.


Bu ham qiziq

Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar besamar ketsa, AQShga javob choralari qo‘llaniladi
21:33 / 12.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda kun tartibidagi bir qancha masalalar muhokama qilindi
19:01 / 12.07.2025
Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati IIB haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
17:31 / 13.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahri markazidagi bir qancha ko'chalarda harakat qilish vaqtincha cheklanadi

Poytaxt hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan
22:22 / 11.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025
Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaning Ukrainadagi urushini “shartsiz qo‘llab-quvvatlashini” bildirdi — bu haqda Px…
10:33 / 13.07.2025
O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!