$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
36° Kechasi 19°

Oʻzbekiston instituti dunyoning kuchli universitetlari reytingiga kirdi

14:47 / 15.10.2019

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mustaqil Oʻzbekiston tarixida birinchi marotaba 2020-yil uchun QS’ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari reytingida qayd etildi.
 

Bu Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazir vazirligining Respublika oliy taʼlim muassasalarini xalqaro nufuzini oshirish maqsadida Times Higher Education va QS kabi dunyoning yetakchi xalqaro agentliklari bilan soʻnggi ikki yil ichida olib borgan hamkorligi natijasidir, deya ta’kidlaydi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy veb sayti. 

Vazirlik tarqatgan xabarga ko‘ra, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti QS reytingida akademik soʻrovnoma, ish beruvchilarning bahosi va ilmiy salohiyati kabi mezonlarda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari oʻrtasida ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etib, 301-350 oʻrinlar oraligʻidagi universitetlar qatoridan joy oldi.

(Maʼlumot uchun: QS reyting agentligi tomonidan ilmiy tadqiqotlarga 20 foiz, akademik soʻrovnomaga (jahon OTMlariga oʻrganilayotgan universitet yuzasidan soʻrovnoma yuborish, jahon OTMlari uchun tanilishda ilmiy tadqiqot ishlarining roli yuqori) 30 foiz, ish beruvchilar soʻrovnomasiga 20 foiz, oʻquv jarayoniga 15 foiz, boshqalarga 15 foiz ajratilgan.)

Ushbu reytingda 1-oʻrinni Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, 2-oʻrinni Sankt-Peterburg davlat universitetlari egalladi. Reytingdan Rossiya, Chexiya, Turkiya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Xorvatiya, Belorus, Bolgariya kabi davlatlarning yetakchi universitetlari joy oldi.

Hozirda vazirlik tomonidan xalqaro ekspertlar bilan birgalikda respublikamizning yetakchi oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich xalqaro reytingga kiritishga tayyorlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Xorijiy ekspertlar tomonidan respublikaning 10 ta oliy taʼlim muassasasi (OʻzMU, TIQXMMI, TDTU, TATU, SamDU, TDAU, UrDU, TTA, Turin politexnika universiteti, QQDU) tanlab olindi va ularning Times Higher Education va QS bazasida tegishli profillari yaratildi. Ekspertlar shu 10 ta oliy taʼlim muassasasi bilan yaqindan ishlamoqda.


Bu ham qiziq

Portugaliyada “Gloriya” funikulyori halokati oqibatida kamida 15 kishi qurbon bo‘ldi

Portugaliyada “Gloriya” funikulyori halokati oqibatida kamida 15 kishi qurbon bo‘ldi

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlardan tashqari yana 18 kishi jarohat olgan, ulardan kamida besh nafarining ahv…
11:18 / 04.09.2025
Toshkent viloyatida IIB tergovchisi qamoqqa olindi

Toshkent viloyatida IIB tergovchisi qamoqqa olindi

Jinoyat kodeksi 210-moddasiga ko‘ra, pora olish BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqd…
09:26 / 04.09.2025
Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi?

Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi?

Bu borada mutaxassis tavsiyasi bilan tanishamiz
22:53 / 03.09.2025
Xitoy uzoq masofaga yetib bora oladigan yangi ballistik raketani namoyish etdi

Xitoy uzoq masofaga yetib bora oladigan yangi ballistik raketani namoyish etdi

AQSh va Xitoy o‘rtasida ehtimoliy keskinlashuv amalda yuz bersa, bu qurolning ahamiyati oshib ketishi taxmin qilinmoqda
22:26 / 03.09.2025
Indoneziyadagi Semeru vulqonida ikkita portlash sodir bo‘ldi

Indoneziyadagi Semeru vulqonida ikkita portlash sodir bo‘ldi

Indoneziyaning Yava oroli sharqida joylashgan Semeru vulqonida ikkita otilish sodir bo‘ldi.
11:36 / 04.09.2025
DXX 2 nafar qirg‘izistonlikning o‘ldirilishiga izoh berdi

DXX 2 nafar qirg‘izistonlikning o‘ldirilishiga izoh berdi

Halok bo‘lganlar Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi aniqlanib, jasadlar qarindoshlariga topshirilgan.
10:37 / 05.09.2025
4-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:58 / 03.09.2025
BMT: Afg‘onistondagi zilzila mintaqada suv tanqisligini yanada kuchaytirdi

BMT: Afg‘onistondagi zilzila mintaqada suv tanqisligini yanada kuchaytirdi

Afgʻonistonda 31-avgust kuni sodir boʻlgan zilzila mintaqadagi mavjud suv muammosini yanada kuchaytirgan.
11:25 / 05.09.2025
5-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:49 / 04.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!