Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1984–1991-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 6 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qirg‘izistonlik narkosavdogardan 2 kg “gashish” moddasini 15.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishishadi va ushbu maqsadda 1950 AQSh dollarini boshlang‘ich badal sifatida unga yetkazib berishadi.
O‘z navbatida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi giyohvandlik vositasini o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib, Xonobod shahridagi yashirin joyda qoldirgan.
Qo‘rg‘ontepalik og‘ufurushlardan biri esa ushbu zahri qotilni olib, o‘zining avtomashinasida Xonobod-Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruhning qolgan 5 nafar a’zosi ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu “gashish” giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 1 kg 954 grni tashkil qilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilganligi bildirildi.Qirg‘izistondan olib kelingan narkotik moddalar bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1984–1991-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 6 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qirg‘izistonlik narkosavdogardan 2 kg “gashish” moddasini 15.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishishadi va ushbu maqsadda 1950 AQSh dollarini boshlang‘ich badal sifatida unga yetkazib berishadi.
O‘z navbatida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi giyohvandlik vositasini o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib, Xonobod shahridagi yashirin joyda qoldirgan.
Qo‘rg‘ontepalik og‘ufurushlardan biri esa ushbu zahri qotilni olib, o‘zining avtomashinasida Xonobod-Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruhning qolgan 5 nafar a’zosi ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu “gashish” giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 1 kg 954 grni tashkil qilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilganligi bildirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!