$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

12:17 / 10.08.2025

Instagram – mukammal hayot illyuziyasi. Deyarli har birimiz Instagram’ga kiramiz. Unda ideal go‘zal bo‘lgan qizlar, turmush o‘rtoqlaridan tinmay sovg‘a oladigan sevimli ayollar, zo‘r bo‘lib ketgan muvaffaqiyatli erkaklar hamda ota-onasiga uy, mashina, sayohatga yo‘llanma sovg‘a qilayotgan yigitchalarning videolarini ko‘ramiz. O‘zimizning tanishlarimiz orasida ham har kuni restoranlarda ovqatlanayotgani, shaxsiy mashinalarida shahar markazlarida sayr qilishayotganini sahifasiga joylab boradiganlar ham yo‘q emas.

Ularning har biri bizga qanday yashash, qanday ko‘rinish va hatto qanday ovqatlanish kerakligini aytib turgandek. Ammo bu trendlar orqasida bir nozik muammo bor – inson o‘zini unutib qo‘yadi.

Trend ortidan quvish, go‘yoki boshqalardan orqada qolmaslikka urinish insonni o‘zidan uzoqlashtiradi. U Instagram’dagi “ideal hayot” bilan o‘zini taqqoslaydi va aslida mavjud bo‘lmagan mukammallikka yetishga intiladi. Bu esa ruhiy bosim, o‘zini past baholash va hattoki depressiyagacha olib borishi mumkin.

Trend nima va nima uchun u “trend”?
Trend – bu ommaviylikka ega bo‘lgan, ma’lum davr ichida ko‘pchilik e’tiborini tortgan hodisa. U moda, go‘zallik, turmush tarzi yoki hattoki hissiy holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Instagram esa trendlarni tezda tarqatish va normaga aylantirish bo‘yicha eng kuchli vositalardan biri.

“Clean girl”, “That girl” – motivatsiyami yoki bosimmi?
“Clean girl” yoki “that girl” trendlari, asosan, shunday ko‘rinishni targ‘ib qiladi: nozik, bellari ingichka, tabiiy go‘zal bo‘lgan ayol, silliq va yorqin teri, chiroyli tozalangan xona, estetik nonushta, yoga bilan mashg‘ul bo‘lish va har kuni kunlik reja tuzish.

Birinchi ko‘rishda bu trendlar ijobiy ko‘rinadi. Axir bu sog‘lom turmushga undayapti, to‘g‘rimi? Lekin chuqurroq qaraganda, bu trendlar quyidagi xavflarni tug‘diradi:

Real hayotni noto‘g‘ri tasvirlaydi: Instagram’da ko‘rsatilayotgan “that girl” hayoti – bu sozlangan surat, tanlangan yorug‘lik, tahrirlangan video. Bu hayotning faqat 10 foizi, qolgan 90 foizi ko‘rinmaydi.

O‘zini taqqoslash: ko‘p yoshlar bu tasvirlar bilan o‘zini solishtirib, o‘z hayotini “yetarli emas” deb hisoblaydi. Tana imiji bosimi: asosan oq tanli, nozik, vizual estetikaga mos keladigan modellar orqali yaratilgan bu trend barcha ayollar uchun mos emas. Boshqacha aytganda, trend motivatsiya emas, mukammallik illyuziyasini tarqatadi.

Trendlar va ruhiy salomatlik: shunchaki ko‘rish emas, his qilish
Instagram’dagi har bir trend – bu faqat vizual taassurot emas, balki hissiy tajriba hamdir. Biz uni faqat ko‘rmaymiz, balki sezamiz. U bizda hayrat, havas, ba’zan esa norozilik uyg‘otadi. Shu sababli, trendlar odamning ruhiy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Ayniqsa yoshlar orasida bu ta’sir kuchli bo‘ladi:
O‘zini go‘zallik me’yorlariga mos emasdek his qilish;
Boshqalarning muvaffaqiyatlarini ko‘rib, o‘zini “orqada qolgan” deb hisoblash;
Faol bo‘lmaslik – yomon narsa degan noto‘g‘ri tushunchaning shakllanishi.
Instagramdagi trendlar shunchalik “mukammal” ko‘rinadiki, oddiy, tabiiy hayot zerikarli yoki arzimas tuyula boshlaydi. Va bu — eng xavfli holatlardan biridir.

O‘zini yo‘qotish qanday boshlanadi?
Odam o‘zini bir kunda yo‘qotmaydi. Bu asta-sekinlik bilan, sezilmas tarzda boshlanadi. Dastlab, odam trenddagi ko‘rinish, hayot tarzi, estetikani yoqtirib qoladi. Bu tabiiy. Ammo keyin bu yoqish o‘xshashga aylanishga urinishga aylanadi.

Moslashish bosimi
“Men ham 5:00 da turishim kerak”, “Men ham shunday ko‘rinishim kerak”, “Men ham ko‘proq estetik stories qo‘yishim kerak”, deb o‘ylay boshlaydi.

O‘z hayotini inkor qilish
Inson o‘zining oddiy, tabiiy holatini past baholay boshlaydi. Masalan: “Men bu hafta mashq qilmadim, demak hech nimaga yaramayman” yoki “Men hali parhezda emasman, demak “clean girl” emasman”.

O‘zligini unutish
Odam nima uchun shunday qilyapti, aslida nima xohlaydi — esdan chiqadi. Instagram nimani chiroyli deb bilsa, shuni qilishga urinadi. Bu — ichki haqiqat emas, tashqi standartlarga moslashishdir.

Instagramda boshqalar: sayohat qilayotganini, to‘y qilayotganini, karera qilayotganini, sog‘lom hayot tarzini yuritayotganini, uy-joy, avtomobil, farovonlikni namoyish qilganida…biz esa oddiy kundalik hayotimiz bilan ularning yonida “yutqazgandek” tuyulamiz.

FOMO — ya’ni nimadandir ortda qolib ketish qo‘rquvi — ijtimoiy tarmoqlar davrining psixologik fenomenidir. FOMO shunday signal beradi: “Boshqalar yashayapti, sen esa orqada qolyapsan!”. Bu esa ruhiy zo‘riqish, o‘zidan norozilik, motivatsiya yo‘qolishi, hattoki qattiq ichki tanqidga olib keladi. Ammo eng achinarlisi — bu tuyg‘ular Instagram’dagi tahrirlangan lavhalar asosida paydo bo‘ladi. Haqiqiy hayotda esa barchaning muammolari bor.

Instagramdagi trendlar inson hayotining tabiiy oqimiga begona talablar qo‘yadi. Ular insondan o‘zidan ham ko‘proq narsani kutishni, doim faollik, doim yangilik, doim chiroyli ko‘rinishni talab qiladi. Bu esa quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:
Vaqt va energiyani samarasiz sarflash: suratga olish uchun maxsus joy tanlash, ranglar muvofiqligini tekshirish, har bir lahzani “post”ga aylantirish… Bular hayot emas, uning “ko‘rsatiladigan versiyasi” bo‘lib qoladi.

Ichki qoniqmaslik: qanchalik ko‘p post qilinsa ham, qoniqish hissi yo‘qoladi. Chunki bu ehtiyoj ichdan emas, tashqi e’tirofga bog‘liq bo‘lib qolgan bo‘ladi.

O‘zining haqiqiy istaklaridan uzoqlashish: inson o‘z istagini emas, algoritmlar talabini bajaradi. Bu esa o‘zini anglash yo‘lidan chalg‘itadi.

Trendlar shunchalik o‘ziga tortadiki, odam o‘zining kimligi, nimani xohlashi, nimaga loyiq ekani haqida unutadi. Trendlarning “tovushi” ichki ovozdan balandroq eshitila boshlaydi.

Estetika uchun yashash – charchatadigan poyga
Instagramda har narsa chiroyli ko‘rinadi: xona, ovqat, kiyim, ko‘rinish, yurish-turish… Bularning barchasi estetikani birinchi o‘ringa olib chiqadi. Ammo estetik hayotni “yaratish” – bu tabiiy yashash emas, bu — sahnalashtirish.
Nonushta qilmay turib, dasturxonni suratga olish;
Kitob o‘qimasdan turib, faqat kitob bilan suratga tushish;
Charchagan kun oxirida “self-care” stories qo‘yish…
Bularning barchasi insonni doimiy suratga olish, ko‘rsatish, taqqoslash kayfiyatida ushlab turadi. Va bu ruhiy jihatdan charchatadi. Yashashdan ko‘ra “yashayotgandek” ko‘rinishga harakat qilish — eng og‘ir yuklardan biridir.

O‘zligini yo‘qotmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

1. Trendni ilhom deb qabul qiling, ammo mezon emas: trendlar yo‘nalish beradi, lekin u hayotingiz uchun qonun bo‘lishi shart emas. Siz ulardan ilhom olishingiz mumkin, lekin ular sizni belgilab bermasligi kerak.

2. Offline vaqt ajrating: kundalik hayotda Instagram’dan uzoq bo‘lish, haqiqiy hayotga qaytish uchun foydali. Yaqinlaringiz bilan muloqot, sokin yurish, kitob o‘qish – bular ichki ovozingizni qayta eshitishga yordam beradi.

3. Solishtirish o‘rniga qadrlashni o‘rganing: boshqalarning hayotiga emas, o‘zingizda bor narsalarga e’tibor qarating. Qiyoslash emas, minnatdorchilik hissi ongni tozalaydi.

4. Shaxsiy qiymatingizni sonlar bilan o‘lchamang! Layk, obunachilar, ko‘rishlar soni – bu sizning qadriyatlaringiz emas. Siz kimligingiz, qanday insonligingiz, qanday yuragingiz borligi bilan qimmatlisiz.

5. Yolg‘on emas, haqiqiylik trendiga qo‘shiling: yaqinda ko‘plab kontent yaratuvchilar “real life”, “behind the scenes”, “messy reality” kabi trendlarga e’tibor qaratmoqda. Bu trend – ichki tinchlikka qaytish uchun yaxshi imkoniyat.
Instagram — oyna, lekin o‘zligingiz emas!
Instagram hayotni aks ettiradigan oyna bo‘lishi mumkin, ammo u o‘zligingiz emas. Har bir trend, har bir post – bu hayotning kichik bir bo‘lagi, to‘liq manzarasi emas. Odam o‘zini shu bo‘laklar asosida baholasa, o‘zligidan uzoqlashadi.

Shu sababli trendlar orasida ham o‘z ichki ovozingizni yo‘qotmaslik muhim. Mukammallik emas, tabiiylik; ko‘rinish emas, haqiqat; ommaviylik emas, shaxsiy o‘sish — sizni shakllantiradigan asosiy tamoyillar bo‘lishi kerak.

Maqola muallifi Munisaxonim Irisova


Lifestyle


														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

														
														“Uyda yolg‘iz 2” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

“Uyda yolg‘iz 2” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

Britaniyalik aktyor Tim Karri 80 yoshida vafot etdi. U 25-avgust kuni Los-Anjelesdagi uyida hayotdan ko‘z yumgan. Aktyorning…
11:47 / 27.08.2026

														
														Mashhur bloger narkotik savdosida gumonlanib qo‘lga olind

Mashhur bloger narkotik savdosida gumonlanib qo‘lga olind

TikTok’da “Doctor Food” nomi bilan tanilgan, 8 milliondan ortiq obunachiga ega bloger Jorj Dib Livanda qo‘lga olindi. Bu haq…
11:10 / 24.08.2026

														
														AQShda ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi

AQShda ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi

Nyu-Yorklik tadbirkor Steysi Dennett ChatGPT yordamida 2 ming dollarlik qarzdan qutuldi.
20:17 / 15.10.2025

Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Saida Mirziyoyeva Janett Rubio bilan Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

“AQSh Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildik”, – Preziden…
17:46 / 19.10.2026
2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan 6 …
15:36 / 16.10.2026
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026
Rubio: AQSh Markaziy Osiyoda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqchi

Rubio: AQSh Markaziy Osiyoda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqchi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 2026-yil 19-oktabr kuni Samarqandga tashrifi chog‘ida Amerika kompaniyalari O‘zbekistonda yan…
15:23 / 19.10.2026
Sirdaryoda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sirdaryoda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida savdo bilan shug‘ullanuvchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkakka nisbatan sud q…
10:02 / 18.10.2026
Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

“Bugun AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direk…
09:09 / 17.10.2026
O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milli…
09:41 / 19.10.2026
Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

Buxoro shahrida Malibu-2 haydovchisi tezlik cheklovi 60 km/soat bo‘lgan hududda 201 km/soat tezlikda harakatlandi. Avtomobil…
15:28 / 19.10.2026
Toshkentda 17 yoshli kuryerni haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Toshkentda 17 yoshli kuryerni haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida restoran xodimi 17 yoshli kuryer bilan janjallashib, uni haqorat qilgani va tahdid qilg…
09:50 / 19.10.2026
Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida chaqaloq ko‘rinishidagi bolalar o‘yinchog‘i ichiga “gashish” yashirgan 56 yoshli ayol …
09:53 / 18.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!