$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
42° Kechasi 26°

Kun tarixi: Kserokopiya yaratilganiga 81 yil to‘ldi. Uni kim o‘ylab topganini bilasizmi?

11:35 / 22.10.2019

Bundan 81 yil oldin 22-oktabr kuni dunyodagi birinchi kserokopiya apparati yaratilgan ekan. Uni o‘z ishini yanada osonlashtirish istagan texnolog ishlab chiqqan. 

AQShda tug‘ilgan Chester Karlson Kaliforniya Texnologiya institutini tugatib, ish topish uchun Nyu-Yorkka boradi. U yerda Mallory elektronika kompaniyasining patent bo‘limiga ishga kiradi. 

Chesterning o‘zi nusxa olishda qiynalgani uchun zarur hujjatlarni nusxalashning tez va arzon usuli topilsa yaxshi bo‘lardi degan xayol bilan yashay boshlaydi.

Карлсон, который изобрел ксерокс

Bu ishni o‘zi amalga oshirish maqsadida Nyu-York jamoat kutubxonasiga borib texnikaga oid bir uyum kitoblar orasidan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni izlay boshlaydi. U vengriyalik olim yorug‘lik ta’siri ostida elektr xususiyatlarini o‘zgartiradigan moddalar haqidagi tajribalariga qiziqib qoladi. Shundan so‘ng, unda  elektrofotografiya g‘oyasi paydo bo‘ldi.

Tarixdagi birinchi kserokopiya 1938-yilning 22-oktabrida oltingugurt qatlami bilan qoplangan rux plitasidan iborat bo‘lgan. Unda statik zaryad yordamida shishali plastinka nurlantirilgan va qo‘yilgan yozuvdan oltingugurt kukini yordamida nusxa ko‘chirilgan. Biroq, elektr nusxa ko‘chirish texnologiyasini mukammallikka olib kelish uchun yana bir yil kerak bo‘ldi.

Model A

Dastlabki nusxa olish qurilmasi 

Hamma uchun kerakli apparatni yaratgan Karlson ixtirosi asosida 1947-yilda Rochester shahridagi taniqli “Haloid” kompaniyasi nusxa ko‘chirish mashinalarini ishlab chiqara boshladi. Oradan ikki yil o‘tgach, nusxa ko‘chirish mashinasining birinchi modeli sotuvga chiqdi. Nusxalash texnologiyasi “kserografiya” deb nomlangan – yunon tilidan “xeros” (“quruq”) va “graf” (yozaman) degan ma’noni anglatadi. 

“Kserografiya”dan kelib chiqqan holda “Haloid” kompaniyasi ham yangi nom bilan atala boshlandi. 1955-yilda “Haloid” “Rank Organisation” kompaniyasi bilan birlashdi. Shundan so‘ng, qo‘shma kompaniya “Rank Xerox” deb atala boshlandi. Keyinchalik esa, shunchaki Xerox (kseroks) deb nomlab kelingan.

1959-yili kseroksning 914-modeli ishlab chiqarilgandan keyin kompaniya haqiqiy muvaffaqiyatga erishdi. O‘shanda “Xerox” yuz millionlab dollar daromad olgan edi. 

Kserografiyani ixtiro qilgan Chester Karlson, “Xerox”dan olgan 150 million dollarining 100 millionini xayriya ishlariga sarflagan.

Bugungi kunda nusxa ko‘chirish apparatlarining yanada yangi turalari yaratilmoqda. Ular dizayni va ko‘pfunksiyaliligi bilan boshqalaridan tubdan farq qiladi. 


Bu ham qiziq

Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Eron prezidenti taksida Tabrizga bordi

Mas’ud Pezeshkiyon ushbu hodisaga javoban hech qanday rasmiy chora ko‘rmadi, aksincha xususiy taksida Tabrizga yo‘l oldi, de…
10:36 / 18.07.2025
Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

2025-yilda buxgalterlar ko‘rsatgan xizmatlar narxi 1 milliard so‘mdan oshgan
21:19 / 17.07.2025
O‘zbekistonda chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 20,2% ga oshgan

O‘zbekistonda chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 20,2% ga oshgan

Chet el sarmoyalarining kirib kelishi bo‘yicha Xitoy davlati ancha oldinda
21:24 / 18.07.2025
Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
15:05 / 18.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025
Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ma’lumot uchun, nafaqa miqdori BHMning 6 baravarini tashkil etadi.
16:34 / 17.07.2025
18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:25 / 17.07.2025
1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.
14:25 / 17.07.2025
19-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
21:31 / 18.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!