$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

Uchar avtomobillar bozori qay holatda va u yerdagi eng asosiy o‘yinchilar kim?

13:39 / 11.05.2017

Uchar avtomobillar ishlab chiqarish bozori tobora rivojlanib bormoqda. Quyida ushbu bozordagi eng asosiy o‘yinchilar haqida ma'lumot taqdim etiladi.


AeroMobil

2017 yilning 20 aprel kuni AeroMobil Top Marques Monaco ko‘rgazmasida yangi AeroMobil Flying Car modelini namoyish etdi. Kompaniya vakillari so‘zlariga ko‘ra, startap 2017 yilda tijoriy uchish transporti savdolarini boshlab beradi.

Avtomobil yig‘iladigan qanotlar bilan jihozlangan bo‘lib, maksimal tezlikni soatiga 200 kilometrga qadar chiqarishi mumkin. Havoda yurish masofasi zaxirasi 700 km, shosseda esa qariyb 900 km. Boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi va uchuvchilik litsenziyasi talab etiladi.


Terrafugia

Amerikaning Terrafugia xususiy korporatsiyasi uchar avtomobillarga buyurtmalarni 2016 yildan qabul qilib olmoqda. U gibridli transport vositasi loyihasi haqida ilk bor 2013 yilda ma'lum qilgan, 2015 yilda esa yig‘iladigan qanotlarga ega aeromobil dizaynini namoyish etdi (Transition modeli).

Hozirda Terrafugia model qatori TF-X yangi modeli bilan to‘lgan. U 300-kuchli dvigatelga ega hamda maksimal tezligi soatiga 320 km.ni tashkil etishi mumkin. Yurish masofasi zaxirasi esa 800 km.dan ko‘proq. Xaridorlar aeromobilni boshqarishni besh soat ichida o‘rganib olishlari mumkin, mashinani esa oddiy garajda saqlash imkoni bor.

TF-X Flying Car kamida sakkiz yildan so‘ng tijoriy ravishda ishlab chiqariladi.


PAL-V

Niderlandiyaning PAL-V startapi o‘z oldiga uchar mashinani buyurtmachilarga yetkazib berishda birinchi bo‘lish maqsadini qo‘ygan. 2017 yilning fevralida 18 yil davomida ishlab chiqilgan model taqdimoti o‘tkazildi – Liberty vintqanotli mashinasi.

Giroplan ikki nusxada ishlab chiqilmoqda – boshlang‘ich Sport va ancha zamonaviy Pioneer Edition. Avtomobillarni seriyali ishlab chiqarish 2018 yilning oxirlariga mo‘ljallangan. Ularda benzinli dvigatel, kichik og‘irlik (664 kg) va o‘rtacha maksimal tezlik (160 km/s) bor. Aeromobilning ilk egalaridan biriga aylanish uchun kamida 300 ming dollar to‘lash lozim.


Zee.Aero

Google korporatsiyasi hammuassisi Larri Peyj olti yil davomida elektr planerlar, harakatlanmaydigan qanotlarga ega samolyotlar va vintqanotli uchish qurilmalari bilan ishlovchi startapni moliyalashtirmoqda.

Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, Peyj loyihaga kamida 100 mln. dollar sarmoya qiritdi va shunga o‘xshash loyiha - Kitty Hawk’ni qo‘llab-quvvatlaydi.


Kitty Hawk

Startap Kitty Hawk Fler uchar mashinani ishlab chiqmoqda. U suv ustidan parvozlarga maxsus mo‘ljallangan hamda ishchi prototipi 2017 yilning aprelida taqdim etilgan.

Kompaniyaning va'da berishicha, rasmiy model sotuvlari 2017 yilning oxirlarida boshlanadi.


Airbus

Airbus aviakompaniyasi, aniqrog‘i uning bo‘linmasi Vahana, Italdesign bilan avtonom uchar qurilma – elektr dvigatelli Pop.Up avtomobili ustida birgalikda ishlamoqda.

Taxminlarga ko‘ra, avto ikki modulli bo‘ladi – parvozlar va yerda harakatlanish uchun, ishlatilmaydigan modul belgilangan joyga asosiy korpusdan alohida tarzda harakatlanib boradi. Uchar avtomobillar aerotaksi sifatida qo‘llaniladi.


Toyota

Yaponiya avtokonsernining Amerika bo‘linmasi – tortib chiqariladigan qanotlarga ega uchar avtomobilga patent olgan, biroq, ilk modellarning sinovdan o‘tkazilishi haqida hozircha xabar berilmadi.

,

Avvaliga loyihada havo yostiqchasi nazarda tutilgandi, keyinchalik u qanotlar bilan almashtirildi.


Carplane

Nemis kompaniyasi ikki fyuzelajli o‘z uchar avtomobilini 2019 yildan boshlab sotishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, parvozning maksimal masofasi 800 km.dan ortiqni, maksimal tezlik esa - 200 km/s.ni tashkil etadi. Birinchi tajribaviy namuna ucha olmaydi, biroq hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, u havoga hech qanday qiyinchiliksiz ko‘tarilishi mumkin.

Loyihaga sarmoyalarning asosiy manbalari – Yevropa ittifoqi va Germaniya hukumati.


Volocopter

Kompaniya VC1 elektr uchar avtomobilini 2011 yilda qurdi va sinovdan o‘tkazdi. U joystik orqali boshqariladi. Yaxshilangan VC200 modelini seriyali ishlab chiqarish 2016 yilga mo‘ljallangandi, ammo bu amalga oshmadi. Bu birinchi to‘laqonli yo‘lovchi multikopteri bo‘lib, batareya quvvati ancha past – u atigi bir soatlik parvozga yetadi.

Amerikaning Intel AT-korporatsiyasi bo‘linmasi Ascending Technologies loyihaga texnologik ko‘mak berdi. 


EHang

Xitoyning dronlar ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsuloti ko‘lamini oshirdi va ikkita elektr motorli EHang 184 haydovchisiz “havo taksisi”ni namoyish etdi. Ayni damda aeromobil havoda taxminan 20 daqiqa davomida bo‘lishi mumkin, uni planshet yordamida boshqarish imkoni bor – ya'ni uchuvchi litsenziyasi talab etilmaydi.

2017 yilning aprelida Michigan universiteti aeromobillar haqida ijtimoiy tadqiqot o‘tkazdi. Kishilarga uning foydali tomonlari, texnik xususiyatlariga oid qator savollar berildi. Tadqiqot natijasida ma'lum bo‘lishicha, respondentlarning faqatgina 65 foizi uchar avtomobil konsepsiyasi nimadan iborat ekanini tushunar ekan.

Ko‘pchilikning fikricha, aeromobillardan eng katta foyda bu – yo‘l vaqtini qisqartirish. Ijtimoiy so‘rov ishtirokchilarining katta qismi – ishonchlilikni e'tirof etgan. Ko‘plar esa noqulay ob-havo sharoitidan xavfsiragan.

So‘rovdan ishtirok etganlarning 60 foizi ekologik transport tarafdori ekanini bildirib, elektr dvigatelidan foydalanishni ma'qul ko‘rishgan bo‘lsa, 5 foizi quyosh quvvatini ishlatish haqida gapirgan. Shu bilan birga, ko‘pchilikning fikricha, avtomobil qiymati (200 ming dollar) uncha katta ham emas.


Bu ham qiziq

Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Tracker urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-mo…
17:57 / 20.07.2025
Netanyaxu zaharlandi

Netanyaxu zaharlandi

Ma’lum qilinishicha, 20-iyulga o‘tar kechasi Netanyaxu o‘zini yomon his qila boshlagan.
10:18 / 21.07.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda sezildi

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda sezildi

Bugun soat 10:38 da O‘shda 3,7 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.
11:05 / 21.07.2025
Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Hozirda shahar politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining yuzlab xodimlari voqea joyida bo‘lib turibdi
21:33 / 19.07.2025
Toshkent viloyatida noqonuniy diniy ta’lim berganlar aniqlandi

Toshkent viloyatida noqonuniy diniy ta’lim berganlar aniqlandi

Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qo…
09:27 / 21.07.2025
Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Xitoy Tibetda qiymati 167,2 mlrd dollarga teng gidroenergetika loyihasini boshladi

Ta’kidlanishicha, gidroenergetika loyihasini amalga oshirish bilan China Yajiang Group kompaniyasi shug‘ullanmoqda, u qurili…
10:06 / 20.07.2025
Moskva shahar hokimi: “Poytaxtga uchirilgan yana bir harbiy dron urib tushirildi”

Moskva shahar hokimi: “Poytaxtga uchirilgan yana bir harbiy dron urib tushirildi”

Sergey Sobyaninning aytishicha, havo mudofaa tizimi o‘z vaqtida bu hujumni bartaraf eta olgan
21:33 / 20.07.2025
Sergelidagi korxonada yong‘in chiqdi

Sergelidagi korxonada yong‘in chiqdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot kelib tushmagan.
12:04 / 20.07.2025
20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:39 / 19.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!