$
12344.61 UZS
-82.22
149.70 UZS
2.74
14501.21 UZS
-65.52
31° Kechasi 18°

Netanyaxu zaharlandi

10:18 / 21.07.2025

Isroil hukumatining rasmiy sahifasida yozilishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kecha, 20-iyul kuni “yaroqsiz yoki buzilgan” oziq-ovqatdan zaharlandi va ichak yallig‘lanishi bilan kasallangan.

Ma’lum qilinishicha, 20-iyulga o‘tar kechasi Netanyaxu o‘zini yomon his qila boshlagan. Hozirda uning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda. U hozirgi paytda suvsizlanish sababli tomir orqali davolanmoqda (infuzion terapiya). Yaqin uch kun davomida Bosh vazir ishini uydan turib olib boradi.

2024-yilning dekabr oyida Tel-Aviv okrug sudida Netanyaxuga nisbatan ilgari ochilgan ishlar bo‘yicha tinglovlar boshlangan edi. Sud tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra, Netanyaxu haftasiga uch marta, har kuni olti soatdan guvohlik berishi kerak edi. Ammo bu jadval turli sabablarga ko‘ra ko‘p bor buzilgan va kasallik sabab ham Netanyaxu endi 21-22-iyul kunlari bo‘lishi kerak bo‘lgan sud majlislarida ishtirok etolmaydi.

Netanyaxuga nisbatan bir nechta jinoiy ish ochilgan. Eng og‘ir ayblov – pora olish. Shuningdek, Netanyaxuga nisbatan firibgarlik va jamoat ishonchini suiiste’mol qilish ayblovlari ham ilgari surilgan.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Isroil Bosh vazirida yurak stimulyatori implantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operatsiya o‘tkazishga yurak ritmini kuzatish uchun avval o‘rnatilgan qurilma yurak stimulyatori implantatsiyasi zarurligini bildirganidan keyin qaror qilingan.



														
														Netanyaxu Xitoy va Qatarni Isroilni izolyatsiya qilishga urinishda aybladi

Netanyaxu Xitoy va Qatarni Isroilni izolyatsiya qilishga urinishda aybladi

Isroil bosh vaziri bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.
10:00 / 16.09.2025

														
														Isroil G‘azoda tarixiy asarlar joylashgan hududni bombardimon qildi

Isroil G‘azoda tarixiy asarlar joylashgan hududni bombardimon qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil G‘azo sektori shimolidagi qadimiy ashyolar joylashgan bino yaqinidagi turar-joylarni bombardimon…
11:25 / 15.09.2025

														
														Dunyo universitetlari Isroil ta’lim muassasalarini boykot qilmoqda

Dunyo universitetlari Isroil ta’lim muassasalarini boykot qilmoqda

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oktyabridan buyon G‘azoda 64 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan.
09:51 / 15.09.2025

														
														Yevropa mamlakatlari rossiyaliklar uchun Shengen vizasini olish tartibini yanada qiyinlashtirdi

Yevropa mamlakatlari rossiyaliklar uchun Shengen vizasini olish tartibini yanada qiyinlashtirdi

Yevroittifoq bu qarorni Ukrainadagi harbiy harakatlar bilan izohladi
22:19 / 14.09.2025

														
														Oq uy AQSh Kongressidan xavfsizlik uchun 58 million dollar ajratishni so‘radi

Oq uy AQSh Kongressidan xavfsizlik uchun 58 million dollar ajratishni so‘radi

Oq uy Trampning tarafdori Charli Kirk o‘ldirilgandan so‘ng, hukumat a’zolari uchun kuchaytirilgan tarzdagi xavfsizlik kerak …
19:34 / 14.09.2025

														
														Zoxran Mamdani: “Agar Nyu-York merligiga saylansam Netanyaxuni hibsga olishga order beraman”

Zoxran Mamdani: “Agar Nyu-York merligiga saylansam Netanyaxuni hibsga olishga order beraman”

Nyu-York merligi uchun saylovlar noyabr oyida bo‘lib o‘tadi
19:20 / 14.09.2025

														
														Hindiston sharqida zilzila sodir bo‘ldi

Hindiston sharqida zilzila sodir bo‘ldi

Hindiston sharqidagi Assam shtatida 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi.
17:06 / 14.09.2025

														
														Avstriya tashqi ishlar vaziri NATOga qo‘shilish tarafdori emasligini aytdi

Avstriya tashqi ishlar vaziri NATOga qo‘shilish tarafdori emasligini aytdi

1-sentyabr kuni Avstriya kansleri Kristian Stoker Avstriyaning NATOga qo‘shilishi masalasi kun tartibida emasligini, respubl…
15:55 / 14.09.2025

														
														Qirg‘iziston sobiq prezidentining oilasi uyidan quvildi

Qirg‘iziston sobiq prezidentining oilasi uyidan quvildi

Sud qaroriga muvofiq, sobiq prezident Almazbek Atambayevning mol-mulki, jumladan, Qo‘y-Toshdagi uy musodara qilindi.
14:50 / 14.09.2025

														
														Isroilning G‘azoga uyushtirgan oxirgi hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga uyushtirgan oxirgi hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azoning turli hududlarida uyushtirgan hujumlarida 7 kishi halok bo‘lgan va ko‘pla…
14:21 / 14.09.2025

Bu ham qiziq

Bugun “Nasaf” Elit Chempionlar ligasida o‘z yurishini boshlaydi

Bugun “Nasaf” Elit Chempionlar ligasida o‘z yurishini boshlaydi

Bugun, 15-sentyabr kuni Qarshining “Nasaf” klubi OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasidagi yurishini boshlaydi. Qarshilikla…
18:03 / 15.09.2025
Bugun Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi

Shuningdek, Prezident “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumining ochilish marosimida ishtirok etadi va nutq so…
09:13 / 16.09.2025
Poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari tutash hududlargacha uzayadi(mi?)

Poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari tutash hududlargacha uzayadi(mi?)

Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi bu borada tushuntirishlar berib o‘tdi
18:25 / 14.09.2025
Yevropa mamlakatlari rossiyaliklar uchun Shengen vizasini olish tartibini yanada qiyinlashtirdi

Yevropa mamlakatlari rossiyaliklar uchun Shengen vizasini olish tartibini yanada qiyinlashtirdi

Yevroittifoq bu qarorni Ukrainadagi harbiy harakatlar bilan izohladi
22:19 / 14.09.2025
Ahmadaliyevning Inouega qarshi mutlaq chempionlik jangi to‘liq davom etdi

Ahmadaliyevning Inouega qarshi mutlaq chempionlik jangi to‘liq davom etdi

Yaponiyaning Nagoya shahrida joylashgan “IG Arena” majmuasida yilning uzoq kutilgan professional boks oqshomi nihoyasiga yet…
17:18 / 14.09.2025
Hafta o‘rtasida harorat 20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Hafta o‘rtasida harorat 20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

“Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi Janubiy Qozog‘iston ustidagi yuqori siklon bilan bog‘liq bo‘lgan salqin va nam havo…
14:09 / 15.09.2025
Toshkentda yer cho‘kib, avtobus botib qoldi

Toshkentda yer cho‘kib, avtobus botib qoldi

Mazkur hodisa oqibatida yo‘lovchilar orasida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
12:06 / 15.09.2025
Toshkentdagi janjalda maktab o‘quvchisi pichoqlandi

Toshkentdagi janjalda maktab o‘quvchisi pichoqlandi

Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan rasmiy axborot berdi
21:41 / 14.09.2025
Zoxran Mamdani: “Agar Nyu-York merligiga saylansam Netanyaxuni hibsga olishga order beraman”

Zoxran Mamdani: “Agar Nyu-York merligiga saylansam Netanyaxuni hibsga olishga order beraman”

Nyu-York merligi uchun saylovlar noyabr oyida bo‘lib o‘tadi
19:20 / 14.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!