$
12948.10 UZS
-9.04
156.93 UZS
0.37
14696.09 UZS
-6.38
31° Kechasi 14°

Elegant ayol bo‘lib ko‘rinishning 15 qoidasi

15:34 / 05.11.2019

Elegant bo‘lib ko‘rinish qobiliyati – bu mashaqqatli mehnat. Elegant ayol – bu qo‘sha-qo‘sha tilla taqinchoqlarga burkangan kalandimog‘ xonimcha emas. U ana shu taqinchog‘-u bo‘rttirmalarsiz ham lobar ko‘rinishni eplay oladigan ayol. Ana shunday haqiqiy elegant ayollar amal qiladigan 15 qoidani bilib olamiz.   

1. Uyquga ketishdan avval, albatta, yuvining. Charchoq bahona bo‘la olmaydi. Agar bunga amal qilmasangiz yuz terisida ajinlar, qora dog‘lar va katta husnbuzarlar paydo bo‘ladi.
  
2. Dangasalik qilmasdan har kuni yuzingizni turli niqoblar bilan parvarishlang. Hech bo‘lmaganda uxlashdan avval yuzga oziqlantiruvchi krem surting. 

3. Qo‘llaringiz va tirnoqlaringizga g‘amxo‘rlik qiling. Bu tirnoqlaringizni uzun qilib o‘stirib har xil rangdagi bo‘yoqlar surtib yuring, degani emas. Shunchaki ozodalikka e’tibor bering. Va qo‘llaringiz mayin bo‘lishi uchun har doim kremdan foydalaning. Ayniqsa, sovuq kunlarda qo‘lga krem surtmasdan ko‘chaga chiqmang.

4. O‘zingizga mos, unutilmas hid toping. Takrorlanmas hid orqali boshqalar sizni ko‘rmay turib tanib olishadi. Lekin shunday bo‘lishi kerak ekan deb, o‘tkir, yoqimsiz hidli atir tanlamang. 

5. Sportzaliga boring. Haftasiga 2-3 marta sport bilan shug‘ullanish qomatni tik tutib yurishga yordam beradi. 

6. Tongni och qoringa ikki stakan suv ichish bilan boshlang. Va 20 daqiqadan so‘ng, tanaga uyg‘onish zarurligi haqida signal yuborish uchun nonushta qilishni boshlang, u to‘yimli va foydali bo‘lishi kerak.

7. Ovqatlangandan keyin 40 daqiqa davomida hech narsa ichmang. Bu oshqozonda og‘irlik paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

8. Kam-kamdan tez-tez ovqatlanishga harakat qiling. Ideal variant – 3 soatlik interval bilan kuniga 5 mahal ovqatlanish. 

9. Kechki ovqatni uyquga yotishdan 3-4 soat oldin yeyishingiz kerak.

10. Muhim talab – to‘g‘ri (ya’ni, asta-sekin) ovqatlaning. Bu organizmda metabolizmning sog‘lom tezlikda ishlashi uchun kerak.  

11. Kolbasa, chips, mayonez, tez ovqatlanish, alkogol va sigaretalar ayollikning qotillaridir. Agar elegant ko‘rinishni xohlasangiz, yuqoridagi narsalarni unuting.

12. Suvni seving! Iloji bo‘lsa, har kuni bir stakan suvga limon qo‘shib iching.

13. Stolingizda qanday non bo‘lishidan qat’iy nazar siz uni unutishingiz kerak. Agar bu imkonsiz-ku, desangiz, unda faqat javdar unidan tayyorlanadigan non iste’mol qiling.  

14. Agar choy ichmoqchi bo‘lsangiz faqat ko‘k choyni tanlang. Tinchlanish va organizmni tozalash uchun kuniga 2 stakanlik doza yetarli bo‘ladi. 

15. Kontrastli dush – bu har bir narsa uchun panatseya (alximiklar tomonidan go‘yo har qanday kasalga davo deb qaralgan dori) ekanligini unutmang. Issiq-sovuq suv qon aylanishini tezlashtiradi, metabolizmni yaxshilaydi, selulit bilan kurashadi va yuzga sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi. 

O‘z irodangizni qo‘lga olib, yangi odatlarga o‘rganing!


Bu ham qiziq

Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

Tailand xorijliklar uchun vizasiz rejimni qisqartiradi

“Tailand bosh vaziri Pxetxongtxan Chinavat xorijliklar uchun vizasiz rejim muddatini qayta ko‘rib chiqish, uni 60 kundan 30 …
12:25 / 29.04.2025
Turkiyada “avtomoyka” qulab tushdi

Turkiyada “avtomoyka” qulab tushdi

Oqibatda bir oila halok bo‘lgan.
10:38 / 28.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

Qarorga ko‘ra, Universitetda texnika va tibbiyot sohalaridagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini grant asosida moliyalashtirishning…
11:51 / 29.04.2025
“Kanadaliklar AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak” — Donald Tramp

“Kanadaliklar AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak” — Donald Tramp

AQSh prezidenti Kanadadagi parlament saylovlari kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida “ikkala mamlakat o‘rtasidagi …
08:33 / 29.04.2025
O‘zbekistonda mikrokredit olish shartlari o‘zgartiriladi

O‘zbekistonda mikrokredit olish shartlari o‘zgartiriladi

24-iyuldan boshlab O‘zbekistonda mikrokreditning yangi qoidalari kuchga kiradi. Qarz yuki yuqori bo‘lgan qarz oluvchilar kre…
21:48 / 28.04.2025
28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
20:32 / 27.04.2025
Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatla…
20:39 / 28.04.2025
Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston harbiylari bunga “tezkor va samarali” javob qaytargani, jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
10:35 / 29.04.2025
Ukraina sudi sobiq prezidentni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

Ukraina sudi sobiq prezidentni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

Viktor Yanukovich hozirda Rossiya hududida yashaydi.
16:46 / 28.04.2025
Poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi

Yakkasaroy, Chilonzor, Shayxontohur, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod va Sergeli tumanlarining ayrim qismlari aholisi ogohlanti…
09:46 / 28.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!