$
12715.13 UZS
-45.08
161.75 UZS
1.67
14730.48 UZS
25.61
39° Kechasi 24°

Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar haqida bilasizmi?

15:14 / 28.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksga ko‘ra, ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
aybdorning o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi;
aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to‘lashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og‘ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;
huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi;
huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi;
huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida”gi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
 
Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar

Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qo‘yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish;

ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana o‘sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi;

voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish;

huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi;

huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi;

huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi. Ma’muriy jazo chorasini qo‘llovchi organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur holatni aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” ertaga, 18-iyun kuni kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:21 / 17.06.2025
Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Netanyaxu shu haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.
12:19 / 16.06.2025
Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
14:20 / 15.06.2025
Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Dzyudochi bu haqda Vengriyada beshinchi bor Jahon chempioni bo‘lgandan so‘ng ma’lum qildi.
14:19 / 16.06.2025
Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 1-iyunga o‘tar kechasi Eron Isroilga 100 dan ziyod raketalar uchirgan.
10:50 / 16.06.2025
Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025
Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 16-iyundan 30-iyungacha T…
10:42 / 15.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Agentlik ma’lumot berishicha, 2024-yil yakunlariga ko‘ra Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,1…
11:29 / 17.06.2025
O‘zbekiston TIV Eron va Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolarni ogohlantirdi

O‘zbekiston TIV Eron va Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolarni ogohlantirdi

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi holatni doimiy ravishda monitoring qilishi va zaruratga qarab qo‘shimcha axborot berilis…
09:50 / 17.06.2025
Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Endilikda, ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
11:06 / 16.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!